NATO har yili alyansning Yevropa hududini yadro qurolidan foydalaniş oqibatlaridan himoya qiliş uçun maşğulotlar ötkazadi. 17 oktyabr, duşanba kuni boşlangan va keyingi ikki hafta içida bölib ötadigan navbatdagi «Mustahkam kun» («Steadfast Noon») manyovrlarida 60 tagaça samolyot iştirok etmoqda. Ular orasida zamonaviy qiruvçi samolyotlar, razvedka va yonilği quyiş samolyotlari, şuningdek, uzoq masofaga uçuvçi B-52 bombardimonçi samolyotlari bor.
Maşqlar ötkaziladigan joylarga Belgiya va Britaniya havo hududi, şuningdek, Şimoliy dengiz aylanadi. Iştirokçilar orasida Bundesver ham bor. NATO maşğulotlar ssenariysi va tafsilotlari haqida heç qanday ma’lumot bermayapti.
Şu bilan birga, NATO maşğulotlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga reaksiya emasligini ta’kidlamoqda. «30 oktyabrga qadar davom etadigan manyovrlar xalqaro kun tartibidagi dolzarb voqealar bilan boğliq bölmagan muntazam, takroriy maşğulotlardir», deya ma’lum qildi Şimoliy Atlantika alyansi 14 oktyabr kuni. NATO matbuot kotibi Oana Lungeskuning sözlariga köra, ular alyansning yadroviy tiyib turiş samaradorligi va xavfsizligiga hissa qöşadi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan söng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumat amaldorlari va tarğibotçilar Rossiya yadro qurolidan foydalanişi mumkinligini bir neça bor oçiq aytdi. Xususan, 21 sentabr kuni Putin safarbarlik boşlanişi munosabati bilan xalqqa qilgan murojaatida Rossiya hukumati öz hududlarini himoya qiliş uçun «ixtiyoridagi barça vositalarni» işga solişga tayyorligini aytib, «bu hazil emasligini» ta’kidladi.













