Ulardan birinçisi Olimpiya şaharçasi haqida böldi. Bu majmua 2025 yilda Yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlarini ötkazişga möljallangan. Xalqaro sport federatsiyalari talablariga javob beradigan olimpiya stadioni, yopiq va oçiq majmualar, suv sporti va eşkak eşiş havzalari, maşğulot joylari qurilişi loyihalaştirilgan.

Taqdimotda mazkur yirik loyihaning taşkiliy-moliyaviy jihatlari körib çiqildi. Mutasaddilar bu borada xorijiy kompaniyalarning takliflari, quriliş materiallari va sport jihozlarini yetkazib beriş jadvallari haqida axborot berdi. Davlat rahbari Olimpiya şaharçasini quriş bilan birga keyinçalik undan samarali foydalaniş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

– Avvalo, işlarni aniq rejali qilib, majmuani sifatli quriş, Osiyo öyinlarini yuqori saviyada ötkaziş kerak. Yana bir muhim masala – keyinçalik bu şaharçadan qanday foydalaniş. Şuning uçun musobaqadan söng, bu yerni ham murabbiylar, ham sportçilarni tayyorlaydigan muassasaga aylantiriş zarur. Ma’muriy binolarda Sportni rivojlantiriş vazirligi va federatsiyalarni ham joylaştiriş mumkin. Şunda bu yerda yaxlit sport muhiti böladi. Yoşlarimiz uçun sport inşootlari quriş bilan birga metodikani ham rivojlantirib boriş kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Taqdimotda Parkent tumanida turizmni rivojlantiriş loyihasi ham namoyiş qilindi.

Bu haqda şu yil 22 sentabr kuni xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşi sessiyasida aytilgan edi. Prezident viloyatda turizm imkoniyatlari juda yuqoriligini ta’kidlab, tumanlarda bundan foydalaniş böyiça körsatmalar bergan edi. 

Şunga muvofiq, Zangiota, Çinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Böstonliq tumanlarini boğlaydigan “Toşkent viloyati oltin halqasi” taşkil etilmoqda. 

Parkentdagi turizm hududiga olib boruvçi yöllar yaxşilanib, elektr energiyasi, içimlik suvi tarmoqlari quvvati oşiriladi. Qarovsiz adirliklarga suv çiqarilib, soya-salqin maskanlar köpaytiriladi. Infratuzilma davlat tomonidan barpo etilib, turizm uçun istiqbolli hududlar auksionga qöyiladi.

Davlat rahbari bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy loyiha ekanini ta’kidlab, infratuzilmani quriş işlarini tizimli olib boriş uçun boşqaruv kompaniyasi tuziş taklifini bildirdi.

Taqdimotda Surxondaryo viloyatidagi Hakim at-Termiziy maqbarasida ziyoratçilar uçun şaroitlarni kengaytiriş rejalari ham körib çiqildi.