Sa’dullo Qurbonov yoşligidan Qoraqalpoğistonning Törtköl tumanidagi çöllarda çorva boqib katta bölgan. Hozirda ham qum barhanlari orasida mototsikl bilan tuyalar boqyapti.

Çöponning aytişiça, odamlar har kuni erta tongda uning oldiga tuya suti sörab keladi. Hozir tuyalarning aksari böğoz bölgani uçun ikkitasi soğilmoqda xolos. Bu esa davo uçun sut umidida kelganlarga yetmay qolişi mumkin. Qahramonimiz keladigan odamlarga kam kamdan bölsa ham yetkazişga, tuya sutiga bölgan ehtiyojni qondirişga harakat qilayotganini aytdi.

Foto: KUN.UZ

“Bahorda 11 ta tuyam bolalaydi, soğiş ham şunga yaraşa köpayadi”, deydi u.

Tuyalar ba’zan çöl içiga qarab qoçib ketadi. Yaqinda bir haftalik yöldan qidirib topib, qaytarib kelişga majbur bölgan. Tuyaboqar çöponning sözlariga köra, bu atrofdagi çöllarda adaşib qoliş heç gap emas. Faqat mahalliy çöponlargina 150-200 kilometrlik çöl içidagi masofadan yöl topib çiqib ketişni biladi.

Foto: KUN.UZ

Sa’dullo Qurbonov şu işidan baraka topib, rözğor tebratayotganini ta’kidlaydi.

Tohirjon Tursunov tayyorladi.