Turkiya Qora dengiz uzra özi işlab çiqargan qisqa masofaga uçuvçi ballistik raketani sinovdan ötkazdi.
Raketa 18 oktabr kuni ertalab soat 7:00 da sohil böyidagi Rize şahri yaqinidagi aeroportdan uçirilgan. Uni uçiriş uçun mobil platforma işlatilgan.
Raketa 561 kilometr yöl bosib ötib, Rize ğarbidagi Sinop şahri yaqinida qulagan. Raketa Turkiyada işlab çiqarilgan şunga öxşaş qurollarga qaraganda eng uzoq masofani uçib ötgan.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, Turkiyada «Tayfun» deb nomlangan maxfiy raketa loyihasi bir neça yillardan buyon amalga oşirilmoqda.
Qurol işlab çiqarişni nazorat qiluvçi Turkiya mudofaa sanoati prezidiumi loyiha haqidagi har qanday ma’lumotni oşkor etişdan boş tortdi.











