19 oktyabr kuni prezident «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uçun javobgarlik kuçaytirildi.
Endilikda uşbu qilmiş BHMning 300 baravari (90 mln söm)dan 400 baravari (120 mln)gaça jarima yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Bunga qadar Jinoyat kodeksining 168-moddasi ikkinçi qismi «v» bandiga köra, firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bölsa, 30 mln sömdan 90 mln sömgaça jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanardi.
Şuningdek, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bölganlik uçun javobgarlik kiritildi.
Endilikda huquqbuzarlik oğirlaştiruvçi holatlarda 15 sutka ma’muriy qamoqqa olişga yoki BHM 20 baravaridan 30 baravarigaça jarima solişga sabab böladi.











