Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy şahridagi 11-AFÇÖIM direktori 10-sinf öquvçisini urgani va öquvçi qiz huşini yöqotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro X.J. Navoiy şahar IIBga qizi, 2006 yilda tuğilgan Ğ.N.ni Navoiy şahridagi 11-AFÇÖIM direktori urib, tan-jarohati yetkazganligi yuzasidan murojaat qilgan.
“Holat yuzasidan Navoiy şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgan bölib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekşiriş harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi”, — deyiladi prokuratura bayonotida.
Kun.uz manbasiga köra, holat sodir bölgaç, maktabga “Tez tibbiy yordam” çaqirilgan. Öquvçi qizga tibbiy yordam körsatgan şifokor ma’lumotnomaga “Kökrak qafasi çap tomonining lat yeyişi”, deya taşxis yozgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada maktab direktori qölida katta uzuk bölganligini köriş mumkin.
Oldinroq Urgutda 6-sinf öquvçisini urib, quloq pardasini yirtib yuborgan direktorga çora körilgandi.












