20 oktabr kuni Toşkentda Davlat statistika qömitasi hamda BMT Xalqaro bolalar jamğarmasi (YUNISEF) Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ötkazilgan «Multiindikator klaster kuzatuvlari» (MKK) dastlabki natijalari yuzasidan taqdimot ötkazildi.
MKK 1995 yildan boşlab butun dunyo mamlakatlari örtasida 118 ta davlatda ötkazilgan. Uşbu kuzatuvlarda ona va bola salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning ta’lim oliş darajasi, bolalarning soğlom va jismoniy rivojlanişi kabi muhim statistik körsatkiçlar jamlanadi.
Taqdimotda qutlov sözi bilan iştirok etgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva MKK asosida bolalar, yoşlar va ayollar töğrisida çuqur örganilgan ma’lumotlarga ega böliş, hukumatga aholining uşbu guruhlari ehtiyojlarini qondirişga qaratilgan maqsadli dasturlarni işlab çiqişda nihoyatda muhimligini ta’kidlab, uşbu ma’lumotlar qonunçilikni takomillaştiriş va ijtimoiy siyosat borasidagi islohotlarni yanada samarali amalga oşiriş imkonini yaratişiga alohida urğu berdi.
Jumladan, mazkur kuzatuvlar natijalari milliy budjet investitsiyalarini maqsadli yönaltiriş, şuningdek, bolalar manfaatlariga salbiy ta’sir qiladigan omillarning tub ildiz sabablarini aniqlaş va hal qiliş imkonini beruvçi dasturlarni işlab çiqiş hamda ularni oqilona baholaşga xizmat qilişini aytdi.
Tadbir davomida ta’kidlanişiça, MKK natijalari oxirgi yillarda Özbekistonda bolalar va ayollar bilan boğliq holatning barqaror ösiş trayektoriyasini körsatmoqda. Xususan, bolalar ölimi kamayib bormoqda, maktabgaça ta’lim körsatkiçlari keskin oşgan, bolalar salomatligi va ta’limi sohasida xizmatlar deyarli barça joyda ta’minlanmoqda. Masalan, 2-4 yoşdagi bolalarning 96 foizi salomatlik, öqiş va psixo-ijtimoiy farovonlik nuqtai nazaridan normal rivojlanişga ega. Bu mintaqadagi eng yuqori körsatkiçlardan biridir.
Tadbir iştirokçilari tomonidan alohida aytilişiça, multiindikator klaster kuzatuvlari mamlakatda muhim strategik ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilişda mustahkam asos bölib xizmat qiladi. Xususan, kuzatuv natijalari böyiça berilgan takliflar qonunçilikda, prezident va hukumat darajasidagi qarorlarda özining amaliy natijasini topadi.
Tadbir yakunida multiindikator klaster kuzatuvlarini olib boriş jarayonida nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining örni muhim ahamiyat kasb etişi alohida qayd etildi va bu borada konstruktiv muloqot va özaro samarali hamkorlikni yölga qöyiş yuzasidan kelişildi.












