Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari iştirokida oliy darajadagi muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki mamlakat örtasida Strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.
Bundan taşqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida köp qirrali Özbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

Xususan:
- Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasida siyosiy muloqot, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş böyiça 2022-2024 yillarga möljallangan Amaliy harakatlar rejasi;
- Ikki tomonlama taşqi iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantiriş töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududlarida savdo uylari faoliyatini tartibga soliş töğrisida bitim;
- Ilmiy-texnik hamkorlik töğrisida bitim;
- Qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça Amaliy çora-tadbirlar rejasi;
- Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini röyxatga oliş töğrisida bitim şular jumlasidan.

Şuningdek, elektr energetikasi, bojxona işi, veterinariya va çorvaçilik, kinematografiya va boşqa yönalişlar yuzasidan kelişuvlarga erişildi.












