Olmaota viloyati prokuraturasi ötkazgan tekşiruvda qozoğistonlik 305 nafar mansabdor şaxs kazinoda 507 million tenge (1 million dollardan ortiq) sarflagani aniqlagan.
Prokuratura tekşiruv natijalari haqidagi xulosalarni çora köriş uçun davlat idoralariga yuborgan.
Hujjatda aytilişiça, 305 nafar davlat xizmatçisi iş paytida kazinoga borib, umumiy hisobda 507 million tengeni qimorga tikib yuborgan. Ularning köpçiligi içki işlar va Mudofaa vazirligi xodimlaridir.
Aniqlangan davlat xizmatçilari quyidagi idoralarga tegişli:
Içki işlar vazirligi – 97 nafar xodim;
- Mudofaa vazirligi – 95;
- Moliya vazirligi – 25;
- Oliy sud - 7;
- Moliyaviy monitoring organlari – 15;
- Korrupsiyaga qarşi kuraşiş organlari – 3;
- hokimliklar - 36;
- boşqa davlat organlari — 27.
Prokuratura aniqlangan holatlar böyiça ba’zi misollarni keltiradi:
- Mavjud ma’naviy-ahloqiy me’yorlarga qaramay, yillik daromadi 10 million tengedan oşmaydigan Ostona hokimligi xodimi kazinoga 54 marta borib, jami 53 million tenge tikkan (Keyinçalik Ostona hokimligi bu şaxs 1 yil oldin işdan böşaganini ma’lum qildi);
- Atirau viloyati, Energetika va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasining yillik daromadi 7,9 million tengedan oşmaydigan xodimi 2 marta kazinoga borib, umumiy hisobda 3,2 million tenge tikib yuborgan.
- Yillik daromadi 3 million tengedan oşmaydigan Olmaota viloyati Ğaznaçilik boşqarmasi xodimi turli kazinolarga 25 marta borib, 33 million tenge sarflagan.
- Yillik daromadi 3 million tengedan oşmaydigan Moliyaviy monitoring agentligi xodimi kazinoga uç marta borib, 25 million tenge tikib yuborgan, — deb misol keltiradi viloyat prokuraturasi.
Prokurorlar davlat xizmatçilarining qimor öyinlariga sarflagan pullarining kelib çiqiş manbasini tekşirişga çaqirişdi.
«Yuqoridagi holatlar mazkur davlat organlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş çora-tadbirlari tizimi, korrupsiyaga qarşi monitoring va korrupsiya xavfi tahlili yetarli darajada amalga oşirilmaganidan dalolat beradi», — deyiladi prokuratura xabarida.










