Iştvan Monok Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxonasi 1825 yilda taşkil topganini, kutubxonada 10 mingdan ziyod tarixiy qölyozmalar saqlanişi, ular orasida Şarq qölyozmalari töplami noyobligi bilan ajralib turişini ma’lum qildi. 1951 yili vengriyalik olim va şarqşunos Layoş Ligeti tomonidan asos solingan uşbu töplamda Örta Osiyo olimlari, şoir va yozuvçilariga tegişli fors va turkiy-çiğatoy (qadimiy özbek) tilida yozilgan 80 ga yaqin qölyozma saqlanadi.
Uçraşuv çoğida Şarq qölyozmalari bölimida saqlanayotgan Alişer Navoiyning «Muhokamat ul-luğatayn» asari qölyozmasi, Navoiy asarlarini örganişni osonlaştiriş uçun tayyorlangan XVI asrga oid «Çiğatoy usmonli luğati», vengriyalik maşhur şoir Arani Yanoş qalamiga mansub «Ajoyib buğuning hikoyati» asarining özbek olimi Mulla Işoq Ibrohim tomonidan XIX asrdagi tarjimasi asl nusxasi bilan tanişiş imkoni yaratildi.
Örta Osiyo olimlari qalamiga mansub köplab asarlar Usmonli turklar imperiyasi davrida vengriyalik maşhur turkiyşunos olim va sayohatçi Armin Vamberi tomonidan Istanbul orqali Budapeştga olib kelingan. I.Monok uşbu asarlarni örganiş va tadqiq etiş niyatida bölgan barça özbek mutaxassislariga akademiya kutubxonasi doimo oçiq ekanligini alohida qayd etdi.
Uçraşuvda Vengriyaning Etvoş Lorand universitetida özbek tili öquv kurslarini joriy etiş va Özbekistondan tegişli mutaxassislarni jalb qiliş imkoniyatlari ham atrofliça muhokama qilindi.











