“Joriy hafta Davlat rahbarining iş jadvali juda tiğiz bölib, qator uçraşuv, muhokama, taşriflar bölib ötadi.
Bugun kunning birinçi yarmida Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi örinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uçraşuv ötkazdi. Unda iqtisodiy hamkorlik böyiça qöşma hukumatlararo komissiya navbatdagi yiğilişining asosiy yakunlari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi özaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari suriş masalalari körib çiqildi.
Hafta davomida Davlat rahbari Yevropa Kengaşi Prezidenti Şarl Mişelni qabul qiladilar. Uçraşuv kun tartibidan Özbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini muhokama qiliş hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiş örin olgan.
Bundan taşqari, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uçraşuvlar taşkil etiş masalasi işlab çiqilmoqda.
27 oktabr kuni Davlatimiz rahbari “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” sammitida iştirok etiş uçun Qozoğiston Respublikasi poytaxti Ostona şahriga taşrif buyuradilar.
Şu bilan birga, mazkur iş haftasidan boşlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş borasida amalga oşirilayotgan işlar böyiça Prezident huzurida hisobot berişni boşlaydilar. Şuningdek, soğliqni saqlaş tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalaştirilgan” – deya ma’lumot berdi Şerzod Asadov.
Jurnalist Oğabek Samisovning “Turkmanistonga taşrifga oid ma’lumotda energetika sohasida ham memorandum imzolangani bildirildi. Unda nimalar aks etgan?” degan savoliga prezident matbuot kotibi şunday javob berdi:
– Bu memorandum energetika sohasida mutaxassislar tayyorlaş, umumiy inşootlardan samarali foydalaniş kabi hamkorliklarni nazarda tutadi. Hujjatning muhim qismi elektr energiyasi yetkazib berişga oid kelişuvdir. Unga köra Turkmanistondan yiliga 4 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasi sotib oliş böyiça şartnoma imzolandi.












