Bir guruh demokrat kongressmenlar AQŞ prezidenti Jo Baydenga maktub yöllab, Ukrainadagi uruşni töxtatişga olib kelişi mumkin bölgan Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralar ötkazişga çaqirdi. Murojaat Pramila Jayapala boşçiligidagi 30 nafar liberal demokrat kongressmenlar tomonidan tayyorlangan, deb yozadi The Washington Post duşanba, 24 oktyabr kuni keçqurun maktub nusxasiga tayanib.
Xat mualliflarining fikriça, Bayden Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordamni davom ettiriş bilan bir qatorda «sulhni töxtatiş uçun real asoslarni» topiş uçun Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralarni boşlaşi kerak, çunki halokatli va hisoblab bölmaydigan xavflar bilan uzoq davom etadigan uruş diplomatik yeçimning muqobili böladi.
Murojaatni imzolaganlarning fikriça, hadli şartlar uruşni tugatiş uçun bir qator rağbatlarni öz içiga olişi kerak, jumladan, Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatiş va jahon hamjamiyati bilan birgalikda, birinçi navbatda ukrainaliklarning özlariga maqbul bölgan erkin va mustaqil Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelişuv.
The Washington Post ta’kidlaşiça, Baydenning bir guruh partiyadoşlari birinçi marta uni Ukrainadagi uruşga oid kursni keskin özgartirişga çaqirmoqda.
Oq uy va AQŞ Davlat departamenti demokrat kongressmenlarning maktubini şarhlar ekan, ular Jo Bayden hamon Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralarga qarşi ekanini oçiq aytdi. Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbiga köra, Ukraina iştirokisiz Rossiya bilan muzokaralar olib boriş hamon imkonsiz. Öz navbatida, Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning aytişiça, AQŞ Rossiyaning muloqot va diplomatik sa’y-harakatlarga tayyorligi böyiça heç qanday alomat körmayapti.
Qöşma Ştatlar Ukrainaning asosiy ittifoqçilaridan biri bölib, unga köp milliard dollarlik yordam, jumladan, harbiy yordam beradi. Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligi fonida Vaşington Rossiyaga qarşi bir neçta sanksiyalar paketini joriy qildi.












