Rossiya Federatsiyasi öz bayonotlarini eskalatsiya uçun bahona sifatida işlata olmaydi, deya alohida ta’kidlab ötdi NATO boş kotibi. 

Alyans Ukrainani qöllab-quvvatlaşda sobit, deya qöşimça qildi Stoltenberg.

Bundan oldin Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning Kiyevga nisbatan Ukrainada «bomba»ni portlatiş rejalarida ayblaganini «xavfli yolğon» deb atagandi.

«Rossiyaning Ukraina göyoki bombadan foydalanişni rejalaştirayotgani haqidagi yolğonlari bema’nilik bilan bir qatorda, xavfli hamdir. Birinçidan, Ukraina yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma iştirokçisi hisoblanadi va unga sodiqdir: bizda «bombalar» yöq. Ikkinçidan, ruslar köpinça özlari rejalaştirgan narsada boşqalarni ayblaydilar», deb yozadi Kuleba.

Ukraina Taşqi işlar vazirligi AEXAni Rossiya «bomba» – faraziy radiologik qurol tayyorlayotganini da’vo qilayotgan Jyeltiye Vodi va Kiyevdagi obektlarga taşrif buyurişga çaqirdi. 

Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) Rossiya «bomba qöllaş orqali ehtimoliy provokatsiyalar uyuştiriş»da ayblagan Ukrainaga ekspertlarini yuboradi.