Özbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatida buğdoy yetakçilik qilyapti – 513 mln AQŞ dollari.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, keyingi örinlardan mos ravişda 351 mln AQŞ dollari hamda 204 mln AQŞ dollari sarflangan şakarqamiş va margarin mahsulotlari joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan mahsulotlar kesimida quyidagiça körinişga ega:
- qoramol göşti – 163 mln AQŞ dollariga;
- ösimlik yoği – 160 mln AQŞ dollariga;
- buğdoy uni – 95 mln AQŞ dollariga;
- kakao va şokolad – 86 mln AQŞ dollariga;
- kartoşka – 60 mln AQŞ dollariga;
- sut mahsulotlari – 60 mln AQŞ dollariga;
- bolalar uçun oziq-ovqat mahsulotlari – 55 mln AQŞ dollariga;
- banan – 40 mln AQŞ dollariga;
- çoy – 34 mln AQŞ dollariga;
- parranda göşti – 33 mln AQŞ dollariga;
- makkajöxori – 24 mln AQŞ dollariga;
- qahva – 23 mln AQŞ dollariga;
- qandolat mahsulotlari – 21 mln AQŞ dollariga.












