Tomonlar Özbekistondan qişloq xöjaligi, töqimaçilik, kimyo sanoati mahsulotlari, Tailanddan esa avtomobil, elektrotexnika sanoati, qişloq xöjaligi, kosmetika va xalq tabobati mahsulotlari savdosini jadallaştiriş xususida fikr almaşdi.

Oramon Saptavitham özaro savdo hajmini köpaytiriş maqsadida mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanişiş uçun biznes doiralari vakillarining özaro taşriflarini köpaytiriş muhimligini va uşbu yönalişdagi çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuvda Özbekiston va Tailandning xalqaro taşkilotlar doirasidagi munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tailand Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligi tasdiqlandi.