Haftalikda ziyorat turizmini rivojlantiriş, mavzuga oid suvenirlarni tarğib etişga qaratilgan körgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar ötkaziladi.
Haftalik dasturidan Samarqand şahridagi yangi «Ipak yöli» turistik markazining oçilişi, «Xiva – islom olami turizmi poytaxti» mavzusiga bağişlangan xalqaro hunarmandçilik körgazmasi, «Jahon ustalari» yarmarkasi va boşqa tadbirlar örin olgan.
2022 yil 20 mayda Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi»ni taşkil etiş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjatga köra, Özbekistonda har yili noyabr oyining birinçi haftasida xalqaro ziyorat turizmi haftaligi ötkaziladi.












