Boş prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy şahar bölimi tomonidan IIB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.Q., D.A. fuqaro N.ga tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasi olib beriş evaziga, 300 ming sömni D.A.ning plastik kartasiga ötkazib, 400 AQŞ dollari olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. fuqaro M.ga tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 300 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ham pul evaziga haydovçilik guvohnomasi olib bermoqçi bölgan şaxslar uşlangandi.
Şuningdek, Toşkentda “Vatanparvar” taşkilotining “Sergeli Öquv STK” UK boşliği örinbosari U.T. fuqaro R.ni haydovçilik guvohnomasini oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib qöyiş evaziga 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangandi.












