«Eron qurollari bizning dunyomizni beqarorlaştirişda muhim rol öynaydi», deya ma’lum qildi Gersog Vaşingtonga taşrifi çoğida. 

Uning fikriça, xalqaro hamjamiyat «saboq olişi» hamda Eron bilan «yagona, qattiq va murosasiz tilda» gaplaşişi kerak. 

Şunga qaramay, Isroil hozirça Ukrainaga harbiy yordam körsatişdan özini tiyib turadi va unga «temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berişga tayyor emas.

Bundan oldin Ukraina rasmiy ravişda Isroildan Rossiya tomonidan işlatilayotgan Eron hujumçi uçuvçisiz uçoqlari va kelajakda ballistik raketalariga qarşi turişga imkon beradigan havo hujumidan mudofaa tizimlarini söragandi. 

Hujjatda Kiyev söragan qurollar orasida Iron Beam, Barak-8, Patriot, Iron Dome, David's Sling va Arrow Interceptor tizimlari nomi keltirilgan.

Rossiyaning Eronda işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçoqlar yordamida Ukrainadagi şaharlar va fuqarolik infratuzilmalariga qarşi yangi hujum usulini qöllagani ta’kidlangan hamda OAVda Erondan Moskvaga Fateh va Zolfagar raketalari yetkazib berilgani haqida xabarlar keltirilgani aytilgan. 

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Beni Gans uning mamlakati Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni hamon rad qilayotganini aytgandi. Gans Isroil Ukrainaga faqat tibbiy va gumanitar yordam körsatayotganini va kelajakda ham şunday qilişini ta’kidladi.