Oğirligi 120 tonnadan ortiq bölgan Xitoy çoyi temiryöl orqali Sinszyan provinsiyasiga jönab ketgan. Yuk u yerdan avtomobil orqali Irkeştam çegara punktiga yuboriladi va tovar 15 kunda Özbekistonga yetib keladi.
Ayni paytda Xitoy Özbekiston va Qirğizistonning eng yirik savdo şerigi hisoblanadi. «Bu Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston yönalişi böyiça bozor talabidan kelib çiqib yölga qöygan birinçi charter tranzit qatnovidir», dedi gazeta muxbiriga bergan intervyusida «Çunsin-Sinszyan-Yevropa» logistika kompaniyasi marketing bölimi savdo menejyeri Çjan Juyyuy.
An’anaviy intermodal temiryöli yönalişlari asosan Sinszyanning «Xorgos» nazorat-ötkaziş punkti orqali ötadi. Yangi yönaliş esa «temiryöl+magistral» xalqaro multimodal konteyner taşiş usulidan foydalanadi.












