Xitoy Markaziy (Xalq) bankining WeChat ijtimoiy tarmoğida ötkazgan taqdimotiga köra, yangi kolleksiya 14 ta tangadan iborat böladi va oltin, kumuş va platinadan yasalib, 2023 yilda mumolaga çiqariladi. Ularning barçasidan qonuniy tölov vositasi sifatida foydalaniş mumkin.
Tangalarning eng qimmatbahosi 1 kg vaznli, 90 mm diametrli bölib, 99,9 foiz proba oltindan yasaladi va 10 ming yuan (qariyb 1370 dollar) qiymatga ega böladi. Bunday tangalardan ming donasi muomalaga çiqariladi.
Şuningdek, 1 kg vaznga ega, diametri 100 mm bölgan, 99,9 foiz proba kumuşdan yasalgan, qiymati 300 yuan (qariyb 40 dollar) bölgan tangadan 10 ming donasi zarb etiladi.
Bundan taşqari, Markaziy bank 30 grammlik oltin tangadan 1 mln dona, 15 grammlik oltin tangadan 200 ming dona, 8 grammlik oltin tangadan 200 ming dona, 3 grammlik oltin tangadan 500 ming dona, 1 grammlik oltin tangadan 500 ming dona, 150 grammlik oltin tangadan 10 ming dona, 100 grammlik oltin tangadan 20 ming dona, 50 grammlik oltin tangadan 30 ming donani muomalaga çiqaradi.
Şu bilan birga, 30 grammlik kumuş tangadan 10 mln dona, 150 grammlik kumuş tangadan 30 ming dona, 30 grammlik platina tangadan 5 ming dona, 3 grammlik platina tangadan 30 ming donasi zarb etiladi.












