Google kompaniyasi YouTube pleyerining barça qurilmalar uçun dizayni özgartirilayotganini e’lon qildi. Bu haqda YouTube blogida ma’lum qilingan.
YouTube’dagi videoroliklarni aylantirişda xronometraj tasmasida aniq prevyu kadri körinib turadi. Bu esa foydalanuvçilarga videodagi kadrlar böyiça kerakli lahzalarni osongina topib oliş imkonini beradi.
Foydalanuvçilar şuningdek, xuddi fotogalereyalardagi suratlarni kattalaştirib körgandek, tasvirni barmoqlari bilan kengaytiriş imkoniga ham ega bölişadi. Uşbu funksiya pinch-to-zoom deb nomlandi. Avvalroq Google uşbu opsiyani YouTube Premium obunaçilari orasida sinab körgan.
Şuningdek, YouTube’da «rangni dinamik tanlaş» deb ataluvçi funksiya ham paydo bölmoqda. Bu funksiya şarofati bilan interfeysning rang gammasi videodagi ustunlik qilayotgan rangga qarab tusini özgartiradi. Ilovalar va veb versiyadagi qora mavzular yanada qoronğilaşadi: agar kulrang tuslardan foydalanilgan bölsa, endi ularning barçasi birdek qora tusda böladi.
Google kompaniyasi bu yangilikni 24 oktyabrdan boşlab joriy qila boşlaşini e’lon qildi. Sekin-asta ular barça foydalanuvçilar uçun imkonli böladi.
Eslatib ötamiz, bir yil avval YouTube videotasvirlar ostidagi dizlayk hisoblagiçni berkita boşlaganini e’lon qilgan edi.












