Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon Isroilda yaşovçi sobiq rossiyalik milliarder Leonid Nevzlin bilan suhbatda Özbekistondagi zavodda Eron bilan hamkorlikda harbiy dronlar yiğilayotganini iddao qildi. Bu dronlar Ukrainaga hujum qilayotgan Rossiyaga yetkazib berilişi aytilmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov buni tuhmat deb atab, Taşqi işlar va Mudofaa vazirliklaridan buni rasman rad etişni söradi.

«Eron harbiy dronlari Rossiyaga yetkazib berilişidan oldin Iroq va Özbekistondagi harbiy zavodlarda yiğiladi. Hozir yer-yer tipidagi raketalarni ham yetkazib berişga urinmoqda yoki allaqaçon yetkazib berilmoqda. Bu endi alohida yangilik.

Yaqinda Eron armiyasining ikki harbiysi – polkovnik va general öldirildi. Ular Eronda dronlarni işlab çiqarişga mas’ullardan bölgani aytilmoqda. Bunaqa narsalar tasodifan bölmaydi», degan Nevzlin 26 oktyabr kuni e’lon qilingan intervyuda.

Gordon Isroil dronlar işlab çiqarilayotgan va yiğilayotgan Eron, Iroq va Özbekistondagi zavodlarga zarba berişi ehtimoli böyiça savol bergan.

«Men Özbekiston haqida biror nima deya olmayman. Çunki u [Özbekiston] neytral va döst davlat. Men bilmayman, Isroil u yerda dron yiğilayotganini biladimi, umid qilamanki biladi. Ular uçun Isroil va Amerika tomonidan ultimatum qöyilişining özi yetarli böladi. Va ular buni töxtatadi.

Iroq va Suriya hududlariga keladigan bölsak, Isroil bu hududlarga heç qanday şubhasiz raketa zarbalari berişga tayyor bölişi mumkin. Eron hududida bölmagan boşqa qurol omborlari va boşqalarga ham», - degan sobiq rossiyalik milliarder.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari, deputat Alişer Qodirov bunday ma’lumotni e’tiborsiz qoldirmaslik kerakligi hamda Özbekiston Rossiya agressiyasini heç qanday şaklda qöllab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan.

«Bu asossiz va mas’uliyatsiz e’lonni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.