26 oktyabr kuni “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra:
- 2023 yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Möynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yönalişlarda muntazam aviaqatnovlarni boşlaş;
- Şahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklaş, şuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yölga qöyiş;
- aviaqatnovlar jadvalini yölovçilar uçun qulay bölgan temir yöl, avtobus va mikroavtobus yönalişlari bilan integratsiyalaş orqali yagona logistika tizimini yaratiş çoralari köriladi.
Özbekistonning rezident aviakompaniyalariga içki turizm yönalişlaridagi aviaqatnovlar uçun aviaçipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiş muddati 2026 yil 1 yanvargaça uzaytiriladi.
Özbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028 yil 1 yanvargaça Özbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat körsatiş texnikasi, asbob-uskuna, butlovçi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot uçun bojxona tölovlarini tölaşdan ozod qilinadi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda mahalliy aviaqatnovlar uçun Silk Avia nomli aviakompaniya taşkil etilmoqda. Uzbekistan Airports'ga tegişli aviakompaniya qisqa masofalarga uçiş uçun möljallangan nisbatan kiçikroq samolyotlar sotib olmoqda.











