Internetda ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusi tarqalib, unda Eronning uçuvçisiz uçoqlari (dron) Özbekiston hududida yiğilayotgani töğrisida ma’lumotlar keltirilgan.

Özbekiston TIV bayonotiga köra, Özbekiston Eron bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va öz hududida Eron harbiy texnikasini yiğmaydi.

Bildirilişiça, hozirgi vaqtgaça Ukraina tomonidan ham, boşqa xorijiy hamkorlardan ham «Eron dronlarini yiğiş» masalasi böyiça rasmiy murojaatlar kelib tuşmagan.

«Şu munosabat bilan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida Özbekiston töğrisida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazişi mumkin bölgan bunday asossiz ayblovlar va boşqa işonçsiz ma’lumotlar tarqatilişining oldini oliş böyiça tegişli çoralar körişni sörab murojaat qiladi», deyiladi bayonotda.

Bundan oldin Özbekiston Mudofaa sanoati davlat qömitasi ayrim xabarlarda tarqalgan Özbekistonda Ukrainadagi qurolli mojarolarda qöllanayotgan Eron jangovar uçuvçisiz uçiş apparatlari (dron) yiğilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etgandi.

Şu bilan birga, Mudofaa sanoati davlat qömitasi Özbekiston eronlik hamkorlar bilan birgalikda qurol-yaroğ va harbiy texnika işlab çiqarmagani va işlab çiqarmayotganini ham ta’kidlab ötdi.