Özbekistonda Eron dronlari işlab çiqarilayotganini aytib şov-şuvlarga sabab bölgan ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon navbatdagi efiri vaqtida özbekistonliklarning e’tirozlariga munosabat bildirib, ma’lumot berişda xatoga yöl qöyganini tan oldi

«Aslida men Özbekistonni emas, Tojikistonni nazarda tutgandim. Faqat tilimdan Özbekiston sözi çiqib ketdi.

Özbekistonda çindan ham dronlar işlab çiqariladigan zavod borligi ma’lum, ammo u Eron bilan qandaydir aloqadorligi ma’lum emas.

Şuning uçun men Tojikistonni nazarda tutgandim. Men hozir buni yana bir bor takrorlamoqçiman. Men Tojikistonda eronliklar tomonidan dron işlab çiqarilayotganini ta’kidlayman. Rossiyaliklar uşbu dronlar bilan ukrainaliklarni öldirmoqda.

Men istardimki, agar gapim xato bölsa, Tojikiston taşqi işlar vazirligi buni rad etsin», dedi Gordon.

U oğir kunlarda Ukrainani qöllab-quvvatlagan özbeklarga minnatdorçilik bildirdi.

«Yana bir bor takrorlayman, Özbekistonga keladigan bölsak, bu davlatning obrösiga umuman soya solmoqçi emasman. Şu jumladan, özbeklarga, Özbekiston fuqarolariga ham. Ularni çin dildan hurmat qilaman, yaxşi köraman. Bu mehmondöstligi, mehribonligi bilan maşhur bölgan ölka.

Bu ölka Ikkinçi jahon uruşi davrida köplab ukrainaliklarga boşpana bergan. Yana bir bor aytaman, Eron dronlarining işlab çiqarilişiga Özbekistonning heç qanday aloqasi yöq.

Muhtaram özbekistonliklar, hozir faşistlar Rossiyasi hujumi oqibatida Ukraina boşiga tuşgan fojiaga befarq bölmaganingiz uçun minnatdorçilik bildiraman. Qöllab-quvvatlagingiz uçun, qalbingiz ukrainaliklar qalbi bilan bir maromda urayotgani uçun minnatdorçilik bildiraman», degan u.

Dmitriy Gordon 26 oktyabr kuni Isroilda yaşovçi sobiq rossiyalik milliarder Leonid Nevzlin bilan suhbatda Özbekistondagi zavodda Eron bilan hamkorlikda harbiy dronlar yiğilayotgani va bu dronlar Ukrainaga hujum qilayotgan Rossiyaga yetkazib berilayotganini aytgandi. 

Özbekiston mediasferasida bu mavzu qizğin muhokama qilindi va e’tirozlar bildirildi. Özbekiston rasmiylari ham tezlik bilan reaksiya qilişdi, dastlab Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov buni tuhmat deb atadi va Gordon uzr söraşini talab qildi.