Huquq-erkinliklar, taqiq va istisnolar – Axborot kodeksi loyihasida nimalar yozilgan?
|00:35 / 22.12.202212 25318 min
Muhokamaga qöyilgan Axborot kodeksi loyihasida senzura qiliş, axborotni yaşiriş va OAVni jazolaş uçun «lazeykalar» bor. Şuningdek, jurnalistlarning nafaqat parlament, balki hukumat yiğilişlariga ham erkin kirişi, OAVning dronlardan foydalanişiga ruxsat berilişi kabi yangiliklar ham yöq emas.
14 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi işlab çiqqan Axborot kodeksi loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
131 moddadan iborat Axborot kodeksi sohaga doir 8 ta qonunni unifikatsiya qiladi. AOKAning tuşuntirişiça, loyiha 50 ta manfaatdor vazirlik va idora bilan kelişilgan.
Axborot kodeksi – Özbekistonda axborotdan foydalaniş, uni erkin va moneliksiz izlaş, oliş hamda tarqatişga doir jarayonlarni tartibga solişni maqsad qilgan. Kodeks loyihasida sohaga oid önlab tuşunçalarga huquqiy ta’rif berilgan.
Uşbu maqolamizda hujjat loyihasining eng muhim nuqtalariga e’tibor qaratib, öz takliflarimizni berdik.
Senzura uçun «lazeyka»
Loyihada har kim axborotni moneliksiz izlaş, oliş va foydalaniş huquqiga egaligi ta’kidlangan bölsa-da, uni çeklovçi sabablar ham yöq emas. Masalan, kodeksning 4-moddasida axborot oliş faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq-erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qiliş maqsadida çeklaş mumkinligi aytilgan.
Bizningça, loyihadan çiqarib taşlaş kerak bölgan jumla: «mamlakatning ma’naviy va madaniy salohiyatini muhofaza qiliş maqsadida axborot olişni çeklaş». Çunki «ma’naviy salohiyat» va «madaniy salohiyat» tuşunçalariga heç qayerda, kodeksning özida ham aniqlik kiritilmagan. Amaldorlar bu normani senzura uçun qurol sifatida işlatişi mumkin.
Axborotni yaşiriş uçun «lazeyka»
Kodeks loyihasining 6-moddasida axborot oçiq va oşkora bölişi kerakligi, maxfiy va konfidensial axborotlar bundan mustasnoligi qayd etilgan. Şu bilan birga, moddada maxfiy bölmagan axborot turlari sanalgan, lekin maxfiy bölgan axborot turlari haqida aniq ma’lumot yöq. Bu holat mansabdorlar har qanday axborot yoki qaroriga maxfiy tamğasini qöyib olişi uçun «lazeyka» bölib xizmat qilişi mumkin.
Eslab ötiş lozim, Antikorrupsiya agentligi işlab çiqişi kerak bölgan «Davlat sirlari töğrisida»gi qonun qariyb 1,5 yildan buyon
Loyihadagi yana bir bahsli modda – 8-modda. Unda OAV va blogerlar özlari tarqatayotgan axborotning haqqoniy emasligi uçun axborot manbayi va muallifi bilan birgalikda javobgar bölişi yozilgan.
Bu norma amaldagi qonunda ham bor. Bizningça, bu band tuzatilişi lozim. Çunki eng ilğor jahon tajribasi ham şuni körsatadiki, har doim ham barça axborotlarni tekşiriş, haqqoniyligini aniqlaşning imkoni bölmaydi. OAV hukumatdagi öz manbalaridan olgan eksklyuziv ma’lumotni qanday qilib tasdiqlaşi ham savol ostida. Amaliyotda esa ba’zi xabarlar OAVda tarqalgaçgina davlat taşkilotlari uni tasdiqlamoqda.
Axborot beriş va oliş tartiblari haqida
Kodeks loyihasi bilan davlat hokimiyati organlariga fuqarolarni – ularning huquq-erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boşqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlaş majburiyati yuklanmoqda.
Kodeksda amaldorlar axborot oliş haqidagi «oğzaki sörovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilişi kerak», deyilgan. Bu esa imkoniyatga qarab javob bermaslik ham mumkin degan qoidani keltirib çiqaradi. Şu sababli moddani tuzatiş, rasmiy şaxslarga ularning vakolatiga doir oğzaki savol berilgan vaqtda ular davlat xizmatçisiga xos ravişda odob saqlagan holda şu vaqtning özida savolga töliq javob berişgaharakat qilişi kerak, degan mazmunga ötkaziş maqsadga muvofiq.
Loyihaga köra, murojaatçining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning söroviga binoan tekinga beriladi. Agar axborot beriş u maxfiyligi tufayli rad etilsa, 5 kun içida ma’lum qilinişi kerak.
Kodeksda davlatning axborot siyosati asoslari qatorida «xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmoğidan erkin foydalaniş uçun şaroit yaratiş» haqidagi band ham bor. Agar bu loyiha kuçga kirsa, internetdan erkin foydalanişni ta’minlaş uçun Özkomnazorat bir qança ijtimoiy tarmoqlar va xorijiy axborot resurslarini blokdan yeçişi kerak böladi.
Nazoratçilar köpaygan
Kodeksning 3-bobi axborot sohasidagi vakolatli organlarga bağişlanadi, bular qatoriga Vazirlar Mahkamasi, AOKA, AKTV, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va mahalliy hokimiyat organlari kiritilgan.
Axborot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi organ AOKAga – fuqarolarning söz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaşda qatnaşiş, axborot sohasi qonunçiligiga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş huquqi berilmoqda. Şuningdek, AOKA aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça davlat organlari va OAVga ogohlantiriş hamda ijro uçun majburiy bölgan taqdimnomalar kiritişi mumkin.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga qiziq vakolat berilmoqda. Ya’ni agentlik jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlaridan kelib çiquvçi davlat organlari faoliyati oçiqligi va şaffofligiga oid dolzarb masalalarni umumxalq muhokamasiga çiqaradi.
Kodeksga köra, AOKA, Bolalar masalalari böyiça milliy va hududiy komissiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim va soğliqni saqlaş sohasidagi davlat boşqaruvi organlari, Yoşlar işlari agentliklari – bolalarning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qilişda iştirok etadi.
Axborot xavfsizligi va şaxsiy ma’lumotlar
Qonun bilan jismoniy şaxslarga taalluqli şaxsiy ma’lumotlar konfidensial axborot toifasiga kirişi va şaxsning roziligisiz undan foydalanişga yöl qöyilmasligi belgilab qöyilmoqda. Lekin, bu yerda «qonunçilikda belgilangan hollarda» degan istisno mavjud.
Kodeksning 39-moddasiga köra, OAV axborot manbasini yoki taxallusini qöygan muallifni ularning roziligisiz oşkor etişga haqli emas. Axborot manbasi yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oşkor etilişi mumkin.
Jamiyatdagi axborot xavfsizligiga fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantiriş, ommaviy axborot erkinligini ta’minlaş orqali erişiladi. Qonunga xilof ravişda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir körsatişga, uni çalğitişga yöl qöyilmasligi nazarda tutilmoqda.
Hujjatda qayd etilişiça, milliy özlikni anglaşni izdan çiqarişga, jamiyatni tarixiy, milliy an’analaridan uzoqlaştirişga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzişga qaratilgan axborot xurujiga qarşi harakat tizimi barpo etiladi.
Internetda axborot xavfsizligini ta’minlaş maqsadida axborot resursining egasi va blogerlarga quyidagilar taqiqlanmoqda:
konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zörlik bilan özgartirişga, ommaviy tartibsizliklarga da’vat etiş;
davlat sirlarini oşkor etiş;
adovat qözğaş, fuqarolarning şa’niga yoki işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöyuvçi axborotni tarqatiş;
jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvçi va beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatiş;
pornografiyani, zöravonlikni va şafqatsizlik, bir jinslilar örtasidagi ğayritabiiy aloqalarni tarğib qiliş, şuningdek öz joniga qasd qilişga da’vat etiş;
şuningdek, qonunga muvofiq jinoiy va boşqa javobgarlikka sabab böladigan özga harakatlarni sodir etiş maqsadlarida foydalanilişiga yöl qöymasligi şart.
Veb-sayt, axborot resursining egasi yoki blogerlarning axborotida yuqoridagi taqiqlangan materiallar bölsa, uni darhol öçirib taşlaşi kerak. Agar taqiqlangan axborot öçirilmasa, uning resursidan foydalaniş hukumat belgilagan tartibda çeklanadi, ya’ni bloklanadi. Şuningdek, qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Axborotlar uçun yoş tasnifi
Kodeksning 46-moddasida bolalar örtasida tarqatilişi taqiqlangan axborotlar keltirilgan. Ular qatoriga bolalarning hayotiga xavf soladigan va noqonuniy harakatlarni sodir etişga undaydigan, alkogolli va giyohvandlik vositalariga yoki ğayriijtimoiy harakat bilan şuğullaniş istagini paydo qiladigan, şafqatsizlik va zöravonlikni oqlaydigan, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, oila a’zolariga hurmatsizlikni şakllantiradigan, pornografiya xususiyatiga ega axborot va boşqalarni keltiriş mumkin.
Hujjatga köra, axborotni Özbekiston hududida tarqatiş boşlanguniga qadar mahsulotning yoşga oid tasnifi qöyiladi. Yoşga oid tasniflar «0+», «7+», «12+», «16+» va «18+»ga bölinadi.
Axborot mahsulotida bolalarning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborot mavjudligi AOKA qaroriga köra, 30 kun içida ekspertlar tomonidan aniqlanib, xulosa beriladi.
OAV faoliyati va erkinligi
Kodeksda – Özbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligi, qonunda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, har kimda OAVda çiqiş, öz fikri va e’tiqodini oşkora bayon etiş huquqi borligi mustahkamlangan. Lekin, “qonunda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa”, degan tuşunça boşqa hujjatlar orqali OAV erkinligini tösişi mumkin. Buni ham qandaydir «lazeyka» deyiş mumkin.
Davlat OAV faoliyati va axborotdan foydalaniş erkinligini, mulk huquqini va davlat organlari, mansabdorlarining noqonuniy harakatlaridan himoya qilinişini kafolatlaydi.
Kodeksda OAV tarqatilayotgan axborotning noxolisligi va işonçsizligi uçun belgilangan tartibda javobgar bölişi haqida qoida bor. Lekin, noxolislik degan mavhum tuşunçaga hujjatda rasmiy izoh berilmagan.
OAV vakillari erkinligini suiiste’mol qilmasligi kerak hamda qonunbuzarliklar, davlat sirlari, terrorizm, adovat, bir jinslilar örtasidagi aloqalar, giyohvandlikni tarğib qiliş maqsadida foydalanilişiga yöl qöyilmaydi.
Kodeksga köra, Özbekistonda OAVni senzura qilişga yöl qöyilmaydi. Taklif etilayotgan loyihada bu sözma-söz şunday tuşuntirilgan:
«Davlat organlari, mulkçilik va taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’iy nazar boşqa taşkilotlar, mansabdor şaxslar tomonidan ommaviy axborot vositasi mahsulotlari, xabarlar va materiallari yoki ularning qismlarini tarqatişni çeklaş, taqiqlaş, şu jumladan xabarlar va materiallar matnini özgartiriş maqsadida ommaviy axborot vositasi bilan oldindan kelişiş (mansabdor şaxsning özi muallif bölgan material va uning intervyusidan taşqari) yoxud ommaviy axborot vositasini öz talabini bajarişga majburlaş taqiqlanadi». (56-modda)
OAV «Davlat tili haqida»gi qonunga muvofiq işlaydi, şuningdek boşqa rasmiy tillarda ham çiqarilişi mumkin. OAVda uyatli sözlar va sökinişga yöl qöyilmaydi, çiqarilayotgan tilning ilmiy qoidalari va normalariga amal qilinişi şart.
Dronga ruxsat berilmoqda
Kodeksning 77-moddasiga köra, OAV tomonidan jamoat joylari, bino va inşootlarni foto va video suratga oliş heç qanday çeklovlarsiz amalga oşiriladi. Suratga oliş taqiqlangani haqidagi tegişli körsatkiçlar örnatilgan obektlar bundan mustasno.
Kodeksda yangiliklardan biri – OAVga uçuvçisiz uçadigan apparatlardan foydalanişi ruxsat berilişi bölmoqda. Ya’ni, 79-moddaga köra, ommaviy axborot vositalarida foto-videomateriallarni tayyorlaş maqsadida belgilangan tartibda ruxsatnoma oliş orqalidavlat organi belgilab bergan hududlarda, 100 metrgaça bölgan balandlikda, vazni 3 kilogrammdan ziyod bölmagan uçuvçisiz uçadigan apparatlardan foydalanişimumkin böladi. Ruxsatnomasi mavjud dronlardan tahririyat xodimi şaxsiy manfaatlarida foydalanişi mumkin emas.
Ta’sisçilar, monopoliya va guvohnoma
Ommaviy axborot vositalari bozorini monopollaştiriş taqiqlanadi. Ya’ni biror şaxs umumiy OAV bozorini 25 foizidan ortiğiga muassis (hammuassis) bölişga yoki boşqaruvida (bevosita yoki affillangan şaxslar orqali) saqlaşga haqli emas.
Hujjatda ustav fondida çet el investitsiyalarining uluşi 30 foizdan oşgan yuridik şaxslarga OAV ta’sis etiş taqiqi saqlanib qolgan.
Kodeksda OAVga qonunçilikka muvofiq xalqaro hamkorlikka ruxsat berilgan, şu bilan birga, xorijiy davlatlar va taşkilotlar, çet el fuqarolari tomonidan OAVni qöllab-quvvatlaş uçun töğridan töğri beğaraz kömak ajratiş taqiqlanadi.
AOKA özida OAVni davlat röyxatidan ötkaziş vakolatini saqlab qoladi. Şu tariqa, OAVni xabardor qiliş orqali davlat röyxatidan ötiş masalasi boşqa oçilmaydigan bölyapti.
Şuningdek, davlat amaldorlariga xususiy OAV ta’sis etişni taqiqlaşga oid avvalroq bildirilgan fikrlar loyihadan joy olmagan.
Tahririyatlar va davlat taşkilotlari bilan işlaş tartibi
Tahririyat öz nomini oşkor etmaslik şarti bilan berilgan axborot, ma’lumotlar, faktlar yoki dalillar manbayining nomini, şuningdek taxallusini qöygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oşkor etişga haqli emas. Şuningdek, tahririyat manbaning talabiga binoan uning nomidan sudda iştirok etişi mumkin.
Bundan taşqari, tahririyatlar noqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan voyaga yetmaganlar töğrisidagi ma’lumotlarni uning qonuniy vakili roziligisiz oşkor etiş huquqiga ega emas.
OAVning davlat organlari faoliyatiga doir axborot va mansabdorlarning intervyusini taşkil etiş töğrisidagi sörovlari köpi bilan 5 kun muddatda körib çiqilişi kerak. Amaldagi tartibga köra, bu muddat 7 kun.
Kodeksga köra, OAV tahririyatlari Oliy Majlisning yopiq bölmagan majlislarida iştirok etişlari hamda ma’lumot olişlari mumkin. OAV vakillari şuningdek, Vazirlar Mahkamasi majlislarida ham iştirok etişlari hamda ma’lumot olişlari mumkin.
Qayd etib ötiş lozim, ayni kunlarda Özbekistonda parlament quyi palatasi va hukumat majlislari mustaqil OAV vakillari eng kam kiritiladigan muassasalar hisoblanadi.
Hujjatga köra, hukumat OAV erkinligini çeklaydigan yoki erkin faoliyat yuritişiga tösqinlik qiladigan normativ-huquqiy tusga ega qarorlar qabul qilişi mumkin emas.
Davlat organlari va taşkilotlarining rahbarlari yil yakunidan keyin 30 kunlik muddatda, öz faoliyati böyiça matbuot anjumani şaklida OAVga davriy hisobot berib borişi qayd etilgan.
OAV, şuningdek öz materiallarida fuqarolarni jins böyiça bevosita va bilvosita kamsitişi taqiqlanadi.
Jurnalistik faoliyat va uning daxlsizligi
Jurnalist axborotlarni töplaş, tahrirlaş, özi tayyorlagan xabarlar va materiallarni OAV orqali imzosini yoki taxallusini qöyib tarqatiş, ularda öz fikr-mulohazasini ifodalaş huquqiga ega.
Jurnalist, şuningdek davlat organlarining oçiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida, mansabdor şaxs qabulida, sudlarning oçiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir böliş huquqiga ega.
Jurnalist öz kasbiga doir axborotdan şaxsiy maqsadlarda foydalanişi, axborot manbasining roziligisiz jismoniy şaxsning şaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilişi, şuningdek audio va video yoziş vositalaridan foydalanişi mumkin emas.
Jurnalist öz faoliyatini amalga oşiriş çoğida şaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi. Tanqidiy materiallar e’lon qilgani uçun jurnalistni ta’qib qilişga yöl qöyilmaydi. Jurnalist tekşiruvi davrida u qölga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qöyilişi yoki közdan keçirilişi mumkin emas. Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralaşiş, undan öz kasbiga doir vazifalarni bajariş çoğida olgan biror bir ma’lumotni talab etiş taqiqlanadi.
Şu joyda eslatib ötiş örinliki, garçi jurnalistik faoliyatga tösqinlik qiliş taqiqlangan bölsa ham bunday harakat uçun bir neça yillardan buyon javobgarlik belgilanmay kelmoqda. Şu sababli köp xollarda jurnalistga qarşilik qilgan mansabdorlar hayfsan yoki oğzaki uzr bilan «suvdan quruq çiqmoqda».
Kodeksning 103-moddasiga köra, davlat organlari, taşkilotlari va boşqa mansabdor şaxslar quyidagilar uçun javobgarlikka tortiladi:
senzura qiliş;
jurnalist öz kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oşirişiga akkreditatsiya qilişni asossiz ravişda rad etiş yoki akkreditatsiyani noörin bekor qiliş yöli bilan tösqinlik qiliş;
jurnalistning sörov bilan murojaat qiliş va zarur axborotni oliş huquqini buziş;
jurnalistga tazyiq ötkaziş, uning jurnalistlik faoliyatiga aralaşiş;
jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş;
axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oşkor etiş.
Bundan taşqari, jurnalistning uşbu huquqlarini buzganlik, kasbiga doir faoliyati bilan boğliq holda şa’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, soğliği va mol-mulkiga tahdid, zöravonlik yoki tajovuz qilganlik qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişi belgilanmoqda. Umid qilamizki, uşbu kodeksning qabul qilinişi yuqorida qayd etilgan jurnalist faoliyatga tösqinlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanişiga olib keladi.
Jurnalist rasmiy xabardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki axborot agentliklari, davlat organlari va taşkilotlarining axborot xizmatlaridan, ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uçun javobgar bölmaydi.
Davlat taşkilotlari oçiqligi va huquqiy axborot
Davlat organlari va taşkilotlari oçiq bölib, öz faoliyati töğrisidagi – işlab çiqilayotgan hujjatlari, inson huquq va erkinliklariga rioya etişi, budjet mablağlarini sarflanişi, ötkazadigan ommaviy tadbirlari, xalqaro va milliy doirada hamkorligi, rasmiy taşriflari, faoliyati sohasiga taalluqli bölgan tarmoqning, hududning holati, statistik ma’lumotlar va boşqalar haqidagi axborot berib borişi kerak.
Hujjatda barça davlat organlari va taşkilotlari tarkibida axborot xizmatlarining mavjudligi majburiy hisoblanişi qayd etilgan.
Ta’kidlaş kerakki, Axborot kodeksi loyihasida keltirilgan köplab huquq va erkinliklar amaldagi (unifikatsiya qilinayotgan) qonunlarda ham bor. Gap ularning ijrosi, davlat tomonidan söz erkinligi va siyosiy huquqlarning kafolatlanişida qolmoqda.
Kodeks loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi 29 dekabrda yakunlanadi. Hujjat parlamentga kiritilib, undan ötgaç, prezident imzolab e’lon qilganidan keyin 6 oy ötib kuçga kiradi.