16:50 / 29.10.2022
10291

Imkon savdo markazi rebrending amalga oshirdi!

IMKON savdo markazi o‘zining uzoq tarixi va yangi strategiyasi asosida xizmatlarni ommaboplashtirish va har qachongidan yaxshiroq (mukammalroq) xizmatlarni taklif qilish uchun ushbu o‘zgarishni amalga oshirdi.

Foto: Imkon

Yangi logotip kompaniya maqsadidan ilhomlanilgan bo‘lib, mijozlarning hayotini yaxshilashga hamda qo‘shimcha imkoniyat yaratib, hayotni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishga qaratilgan.

Ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, kompaniya yangi strategiya, yangi logotip, yangi dizayn, yangi muhitdan ilhomlanib Qashqadaryoning Kitob tumanida o‘zining yangi ko‘rinishidagi savdo markazining 21-filialini ochdi.

Har doim ham biror mahsulotni sotib olish uchun imkoniyat bo‘lavermaydi. Ammo bu xaridni kechiktiradi, degani emas. Imkon savdo markazida bir yil muddatgacha bo‘lib to‘lash sharti orqali hech qanday boshlang‘ich to‘lovlarsiz istalgan xaridni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Do‘konlar tarmog‘ida kichik buyumlardan tortib, yirik maishiy texnika vositalari ham topiladi. Chunki savdo markazlari filial peshtaxtalarida 7000 xildan ortiq mahsulotlar bor. Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun savdo markaziga faqatgina shaxsni tasdiqlovchi hujjat kifoya qiladi.

"Imkon" bilan savdoning yana bir qulay tarafi - yil davomida bo‘lib to‘lash jarayonida kechikkan kunga qo‘shimcha pul (penya) hisoblanmaydi!

Ushbu savdo markazidan xarid qilingan mahsulotlarni yetkazib berish, o‘rnatish va o‘rgatish mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Kompaniyaning bosh maqsadi ham aholiga qulay narxlarda va ortiqcha ovoragarchiliksiz sifatli xizmat ko‘rsatishdir.

Telegram kanali: t.me/imkonsavdomarkazi

Instagram: instagram.com/imkonsavdomarkazi

YouTube: youtube.com/channel

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top