Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Navoiy viloyati boşqarmalari tomonidan qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosi oldini oliş böyiça tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda, fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttiriş maqsadida Samarqand viloyati, Paxtaçi tumani, “Sultonobod” MFY hududida fuqaro B.ga oğirligi 474,75 gramm bölgan 1 dona oltinga öxşaş sariq rangli quyma metallni 287,3 mln sömga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ekspertiza xulosasiga köra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi 999,9 probali sof oltin ekani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyatida joylaşgan «Yuqori nuqta» muntazam YPX maskanida qimmatbaho oltin bölaklarini noqonuniy ravişda olib ketayotgan fuqaro uşlangandi.












