Ukrainaga yordam masalasida vaziyat özgaradimi? Isroilda Tehron va Moskvaning ittifoqi fonidagi saylov ötkaziladi
|18:13 / 31.10.202217 71312 min
Ukrainadagi uruş, Eronning unda bilvosita iştiroki, yaqinda HAMAS delegatsiyasining Suriyaga taşrifi va iqtisodiy muammolar – Isroilda parlament saylovlari 1 noyabr kuni mana şunday fonda ötkaziladi, tört yildan kamroq vaqt içida beşinçi marta.
Isroilliklar yana öng qanot va söl markazçilar örtasida tanlov qilişi kerak. Heç kim işonçli ustunlikka ega emas, barçasi yana beqaror koalitsiya tuzilişiga olib kelişi mumkin. Foto: BLOOMBERG
Turli yönalişdagi partiyalar vakillaridan iborat bölgan va Benyamin Netanyahuni ağdariş uçun birlaşgan avvalgi hukumat bir yarim yil ham faoliyat yuritmadi.
Parçalanişning rasmiy sababi Ördun daryosining Ğarbiy sohilidagi yahudiy aholi yaşaş manzillari maqomi masalasi bölib, kutilganidek, koalitsion hukumatdagi öng markaz va arab partiyalari bu borada kelişa olmadi.
Lekin, hozirgi hukumat içki va taşqi maydonda boşqa muhim yutuqlarga erişmagani hisobga olinsa, bu yagona sabab emas.
Yozda beşinçi saylovlar ötkazilişi oydinlaşgaç, ijtimoiy fikr sörovlari köpçilik isroilliklarni faqat iqtisodiyot xavotirga solayotganini körsatdi. Ammo oktyabr oyi köp narsani özgartirdi.
Jamiyatdagi ğalayon
Dunyoning yarmi Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş masalasida Isroilni betaraf pozitsiyasi uçun tanqid qilayotgan bir paytda, Eron juda samarali tarzda Moskva tarafiga ötib oldi.
«Eron ballistik raketalarni Rossiyaga berayotgani ma’lum böldi. Bu qonli mojaroda Isroil qanday pozitsiyani egallaşi kerakligi haqidagi şubhalar yöqoldi. Ukrainaga xuddi AQŞ va NATO singari harbiy yordam beriş vaqti keldi», deb yozdi Isroilning diaspora işlari böyiça vaziri Naxman Şay.
Şunda hamma Şay sözlarini Isroil rahbariyati siyosatining özgarişi alomati sifatida baholadi. Çunki bu mamlakat Rossiya-Ukraina mojarosida betaraf bölib kelayotgan, Ukrainaga qurol berişni istamagan (lekin gumanitar va tibbiy yordam körsatgan), Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllamagan va hatto Kiyev bilan Moskva örtasida vositaçi bölişni taklif qilgan edi, lekin muvaffaqiyatsiz.
Ammo heç narsa bölmadi. Şu kuni Isroil mudofaa vaziri Benni Gans Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berilmasligini yana bir bor ta’kidladi.
Ammo Diaspora işlari böyiça vazirning sözlari Isroil jamiyatida birmunça vaqtdan beri davom etayotgan jarayonlarni kuçaytirdi. Ularning natijalarini ehtimol 1 noyabr kuni yakuniga qadar körişimiz mumkin.
Mavzuga oid
Netanyahu öyinga qaytdimi?
Gap faqat iqtisodiyot haqida bölsa, Isroilni 15 yildan ortiq boşqargan, lekin korrupsiyada ayblanib, ikki yildan beri sudlanayotgan Benyamin Netanyahuning imkoniyatlari unçalik katta emasdi.
«Bibi» budjet taqçilligi, işsizlikning keskin oşişi va iqtisodiy pasayiş şaroitida, ya’ni mamlakat iqtisodiyotini ayançli ahvolda qoldirib, boş vazirlik lavozimini tark etgan edi.
Netanhu ştabi mamlakat böylab maxsus taşviqot furgonlarida harakatlanmoqda
Foto: AFP
Ammo sönggi bir-ikki hafta içida tom ma’noda köp narsa özgardi: Isroil özining asosiy raqibi deb hisoblaydigan Eron Rossiyaga qurol yetkazib beruvçiga aylandi va Falastinning HAMAS harakati delegatsiyasi Suriya prezidenti Başar Asad bilan aloqa örnatiş uçun Damaşqqa yöl oldi, bu davlat ortida ham Eron turadi.
Köpçilik isroilliklar «Putin uruşi»dagi betaraflik taşqi xavfsizlik uçun oqilona deb hisoblab kelayotgandi, endi bu heç narsani kafolatlamaydigan böldi.
Şu paytgaça Isroil hukumati Suriyada joylaştirilgan Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari öz aviatsiyasining Suriya osmonida parvoz qiliş erkinligini çeklaşi mumkinligidan xavotirda edi. Moskva bilan öziga xos «kelişuv» Isroilga şimoliy-şarqiy çegaralarida öz xohişiga köra harakat qiliş imkonini beradi, deb işonilgan edi.
Ammo, yaqinda ma’lum bölişiça, Rossiyaga yetkazib berilayotgan Eron dronlari Suriyada ham yiğilmoqda. 21 oktyabr kuni Isroil aviatsiyasi Suriyaning Dimas şahridagi aeroport hududida joylaşgan şunday obektlardan biriga zarba berdi.
Bunda Isroil, albatta, Ukrainaning emas, balki öz manfaatlaridan kelib çiqqan holda harakat qildi. Lekin Rossiya uçun bu heç qanday fundamental ahamiyatga ega emas: Putin Eron-Suriya infratuzilmasini ikki baravar iştiyoq bilan himoya qiladi.
«Ukrainani bombardimon qiliş uçun Eron tomonidan Rossiyaga arzon narxlardagi dronlarning yetkazib berilişi Tehron va Moskva örtasidagi harbiy aloqalar kengayib borayotganidan dalolatdir. Bu esa Isroilga uruş tabiati qanday özgarib borayotganini körsatuvçi ogohlantiruvçi signaldir», dedi Harvard universiteti Yaqin Şarq tadqiqotlari markazining sobiq xodimi Bişara Bahba.
Mana endi Bibi Netanyahu öyinga qaytmoqda. Hatto reytingi eng past bölgan davrlarda ham isroilliklar taşqi xavfsizlikni ta’minlaş – uning ustunligi ekanini tan olişgan.
Ukraina masalasi: pastdagilar xohlamoqda, tepadagilar ojiz
Isroilliklarning 44 foizi partiyalarning iqtisodiy rejalarini hal qiluvçi deb hisoblasa-da, rusiyzabon saylovçilarning 75 foizi bölajak hukumatning Ukraina masalasi böyiça niyati aniq bölişini istaydi (tub isroilliklarning 76 foizi Ukrainani qöllab-quvvatlaydi). Buni ijtimoiy sörovlar ham körsatmoqda.
Isroil ijtimoiy tarmoqlarining rus tilli segmentida bunday qaraş keng tarqalgan
Hozir mamlakat sönggi yillardagi eng katta repatriatsiya (yahudiylarning Isroilga köçib ötişi) tölqinini boşdan keçirmoqda, bu faqat Ukrainadagi uruş tufayli yuzaga kelgan.
Isroil immigratsiya va integratsiya vazirligi ma’lumotlariga köra, uruş boşlangandan beri Rossiyadan 20 mingga yaqin, Ukrainadan 12 mingdan ortiq odam mamlakatga köçib kelgan. Yil oxiriga qadar ularning soni yanada oşişi mumkin. Şuningdek, Isroil 25 mingga yaqin vaqtinçalik qoçqinni qabul qilgan.
Yahudiylarga repatriatsiyada yordam beruvçi «Soxnut» agentligi Rossiyada tugatiliş arafasida turibdi. Ammo hozir işlayotgan bir paytda rossiyalik yahudiylarning oqimi faqat ortib boraverdi, deb hisoblaydi Isroil rasmiylari.
Isroilga kelganlar orasida uruşga qarşi aniq pozitsiyaga va rusiyzabon muhitda katta ta’sirga ega bölgan köplab rossiyalik taniqli şaxslar bor – Alla Pugaçyova, Maksim Galkin, Andrey Makareviç, Viktor Şenderoviç, Ivan Urgant va boşqalar.
Ilgari avtomatik tarzda Avigdor Liberman tarafdorlari hisoblangan rusiyzabon saylovçilar hozir Ukraina böyiça aniq pozitsiyaga ega bölgan har qanday siyosatçi tomoniga ötib olişi mumkin.
Ötmişdagi köplab saylovlar natijasi şuni körsatdiki, birlaşgan «rus köçasi» doimiy ravişda öz nomzodiga parlamentda beş-sakkiz örin olib kelgan. Knessetda ustunlikka zörğa erişib kelayotgan partiyalar yoki koalitsiya uçun bu oz körsatkiç emas.
Uruş davrida Isroilda Ukrainani qöllab-quvvatlab, köp sonli aksiyalar bölib ötdi, ularda rus tillilar ham, tub isroilliklar ham faol qatnaşişdi. Şu bilan birga Rossiya tarafdorlari ham aksiyalar ötkazişgan, ammo bu keng kölamli va köp bölmagan, şuningdek tub isroilliklar qatnaşmagan. Foto: AFP
Tub isroilliklar Eron öz yadro dasturini Rossiya yordamida amalga oşirayotganini köproq aytişmoqda va hukumatning harakatsizligidan hayratda.
Biroq, jamoatçilikdan bölayotgan oçiq signallarga qaramay, Ukraina masalasi partiyalarning saylovoldi dasturlarida yo butunlay yöq, yoki juda past örinda.
Faqat Netanyahu yana boş vazir bölsa, «nima qiliş mumkinligini öylab körişi»ni aytmoqda, ammo aniq va’dalar bermayapti. Şu bilan birga, köpçilik u Putin bilan ötmişda yaqin aloqada bölganini eslaydi.
Isroillik ekspertlarga köra, partiyalar saylov oldidan Ukraina mavzusini atayin çetlab ötmoqda. Agar ular Kiyevni qurol-yaroğ bilan ta’minlaşga qalbida tayyor bölsa ham, hozirgi bosqiçda, parallel ravişda Eron muammosi va Suriya yönalişidagi keyingi harakatlarni muhokama qilmasdan turib, buni amalga oşiriş mumkin emasligini tuşunib turibdi.
Bölajak koalitsiyaning istiqboli mavhum bölib turgan şaroitda, Isroil xavfsizligi uçun juda muhim bölgan uşbu masalalar böyiça heç kim heç qanday va’da berişni istamayapti. Faqatgina barkamol hukumat tuzilganidan keyin bu masalalarga oydinlik kiritiladi.
«Rossiyaning harakatlarida mantiq yöqligi Isroilning Ukrainadagi uruşga bölgan munosabati haqidagi fikrimni özgartirişga majbur qildi. Isroil strategik qadriyatlarni qayta baholaşga tayyor bölişi kerak, hatto bu Isroil aviatsiyasining Suriyadagi harakatlari maydonini toraytirsa ham», – deydi Mudofaa armiyasi boş ştabining sobiq rahbari Gadi Ayzenkot. Agar keyingi hukumat Lapid yoki Gans tomonidan şakllantirilsa, u hukumatda muhim portfelga da’vogarlik qilmoqda.
Ayni paytda kuçlar taqsimoti
Yair Lapid (çapda) va Binyamin Netanyahu yana özaro raqibga aylandi. Kuzatuvçilar Bibining kiçik ustunligi kuzatiladigan navbatdagi siyosiy turğunlikni başorat qilişmoqda. Foto: AFP
Köplab sörovlarga köra, asosiy kuraş yana Bibi Netanyahu yetakçiligidagi «Likud» va amaldagi boş vazir Yair Lapid yetakçiligidagi «Yyeş Atid» partiyasi örtasida keçadi. Ular mos ravişda örtaça 31 va 26 deputatlik örniga da’vogarlik qilmoqda.
Partiya yoki koalitsiya hukumatini şakllantiriş uçun 120 örindan 61 tasiga egalik qiliş kerak. Demak hammasi asosiy da’vogarlar ittifoqçilari körsatadigan natijalarga boğliq böladi.
Hozir Bibining blok tuziş imkoniyatlari işonçliroq körinyapti, çunki sörovlar şuni körsatadiki, uning öng va öta öng qanotdagi ittifoqçilari sönggi saylovlarga nisbatan öz pozitsiyalarini biroz mustahkamlagan, markazçilar va Lapidning söl markazçi tarafdorlari esa bir neça punkt yöqotgan.
Bibi Netanyahu va öta öngçilarning hokimiyatga qaytişiga yöl qöymaslik uçun Yair Lapid isroillik arablarning yordamiga tayanişi kerak edi, deb hisoblaydi köplab isroillik kuzatuvçilar.
U haqiqatan ham arab aholisi köproq bölgan şaharlarga sayohat qildi va saylov oldidan arabiyzabon naşrlarga ikkita katta intervyu berdi. Ammo bu yetarli bölmasligi mumkin.
Sentyabr oyidagi sörovlar şuni körsatdiki, 1 noyabrda isroillik arablarning saylovda iştirok etiş körsatkiçi 40 foizdan past böladi. Sönggi saylovlarda bu 44 foizni, 2020 yil mart oyida esa 64 foizni taşkil etgan edi.
Isroil janubidagi Beer-Şeva şahrida faollar ultra öng «Otsma Yyegudit» partiyasi va uning rahbari Itamar Ben-Gvir posterlarini bejab taşlaşgan. Foto: AFP
Isroilning bir qator moliya institutlari hisob-kitoblariga köra, tört yildan kamroq vaqt içida ötkazilgan beşta saylov ğaznaga taxminan 15 milliard şekelga (4 milliard dollardan ortiq) tuşgan.
Hatto uçinçi saylovdan keyin tahlilçilar bu nafaqat budjetga, balki mamlakat taşqi xavfsizligiga ham zarar yetkazişi haqida ogohlantirib, bong urişgan edi.
Bunday qisqa vaqt içida beşinçi saylovni ötkaziş – misli körilmagan körsatkiç. Oltinçisi esa (agar yangi koalitsiya yana uzoqqa bormasa) falokatli böladi.
Parlamentning uzoq muddat faoliyat yurita olmasligi mamlakatning normal işlamayotganini anglatadi. Bu içki siyosat uçun halokatli va taşqi xavfsizlik uçun xatarli, dedi tahlilçi Tal Şnayder.