Pentagon Ukrainaga berilgan ğarb qurollarini tekşirişni qayta boşlaganini e’lon qildi, ular keng kölamli uruş boşlanişidan oldin ötkazilgan. Ukrainaliklar ğarb qurollari hisobi yuritilişini qöllab-quvvatlayapti.

Ayni paytda bir guruh amerikalik harbiy xizmatçilar Ukrainada bölib, töliq miqyosli uruş boşlanganidan beri bu mamlakatga ötkazilgan milliardlab dollarlik ğarb qurollarini tekşirmoqda va hisobga olmoqda. Bu haqda 31 oktyabr, duşanba kuni AQŞ Mudofaa vazirligining yuqori martabali vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.

Missiyaga brigada generali Garrik Harmon boşçilik qilmoqda va tekşiruv AQŞning Kiyevdagi elçixonasiga qaytgan mudofaa hamkorligi boşqarmasi xodimlari iştirokida olib borilmoqda. «Bunday bir neçta tekşiruvlar avval ham bölgan», - deya Pentagon vakili sözlarini keltiradi AQŞning NBC telekanali.

U, şuningdek, ukrainaliklar tekşiruvlar ötkazilişini qöllab-quvvatlaşini va ma’lumotlarni «juda şaffof» taqdim etayotganini ta’kidladi, biroq tekşiruvlar ötkaziladigan joylar haqida tafsilotlarni oşkor etişdan boş tortdi. AQŞ mudofaa rasmiysi uşbu tekşiruvlarda qança amerikalik askar iştirok etayotgani yoki ular front çiziğiga qançalik yaqin kelganiga aniqlik kiritmadi. 

Tekşiruvlar ğarb qurollarini nazorat qiliş kampaniyasining bir qismidir.

Şunga öxşaş tekşiruvlar uruşdan oldin ötkazilgan, ammo u boşlanganidan keyin bir neça oy davomida töxtatilgan, deyiladi ma’lumotda. NBC ta’kidlaşiça, amerikalik harbiy inspektorlar Rossiya bosqini boşlanganidan beri Ukrainaga rasman kirgan birinçi amerikalik harbiy xizmatçilardan biri hisoblanadi. Ularning işi haqida Ukrainaga olib borilgan Amerika qurollarining qora bozorda paydo bölganiga oid xavotirlar fonida ma’lum böldi.

Öz navbatida, AP agentligining yozişiça, bu tekşiruvlar Kiyev bilan hamkorlikning kengroq uzoq muddatli reja bir qismi bölib, u boşqa narsalar qatori ğarb qurollaridan foydalaniş ustidan birgalikda nazoratni kuçaytirişni nazarda tutadi. Kampaniya haqida ötgan hafta Davlat departamenti e’lon qilgan edi. Şu tariqa, Qöşma Ştatlar Rossiya qöşinlari, ularning şeriklari va boşqa ekstremistik guruhlarga ğarb qurollarining ehtimoliy tuşib qolişi oldini olişga harakat qilmoqda, deya qayd etadi agentlik. 

30 oktyabr kuni Ukrainadan Finlandiyaga qurol-yaroğ bilan boğliq mojaro haqida ma’lum böldi. Xelsinki politsiyasi razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya bosqinidan himoya qiliş uçun Kiyevga yuborilgan qurollar Finlandiya jinoiy guruhlari qöliga tuşib qolgan bölişi mumkinligini bildirdi. Gap, xususan, miltiqlar haqida ketayotgan bölişi mumkin, dedi politsiya bölimining jinoyatlarni tergov qiliş böyiça komissari Krister Ahlgren.