1 noyabr kuni Janubiy Koreya politsiyasi boşliği Yun Xi Kyun Seulning Itevon tumanida Hellouin bayramini nişonlaş çoğida amaldorlarning xatolarini birinçi bölib tan oldi va uzr söradi.
U «jamoat xavfsizligi ta’minlanmagani uçun çeksiz mas’uliyatni» his qilayotganini va şu keçada olomon nazorati «yetarliça bölmaganini» aytdi. Yun sözlariga köra, halokatli tiqilinçdan oldin, favqulodda yordam telefon raqamiga bir neçta qönğiroqlar bölgan.
Masalan, tez yordam xizmatiga birinçi qönğiroq mahalliy vaqt bilan soat 18:34 da, halokatli tiqilinç boşlanişidan bir neça soat oldin qilingan. Keyingi uç yarim soat içida esa yana 10 ta qönğiroq bölgan.
Yun Xi Kyun sözlariga köra, uşbu tadbir taşkilotçi tomonidan rasman röyxatdan ötkazilmagani bois, na politsiyaga, na mahalliy hokimiyatga olomonni oldindan boşqariş vazifasi qöyilmagan va ularning reaksiyasi ham yetarli bölmagan.
«Tadbir taşkilotçisi kim bölganini izlaşdan köra, odamlar xavfsizligi muhimroq va biz ehtiyot çoralarini körişimiz kerak edi», dedi prezident Yun Sok Yol öz navbatida.
Politsiya Hellouin fojiasini tekşiriş uçun 475 kişidan iborat tezkor guruh tuzdi. Janubiy Koreya politsiyasi boşliği iste’foga çiqişi haqidagi savolga javob bermadi, ammo tergovni puxta ötkazişga va’da berdi.
Içki işlar vaziri Li San Min ham 156 kişi halok bölgan va 152 kişi jarohat olgan voqea uçun fuqarolardan uzr söradi.
Eslatib ötamiz, 29 oktyabr kuni Seulning maşhur Itevon hududida odamlar sönggi uç yil içida birinçi marta Hellouin bayramini nişonlaş uçun yiğilgan edi. Olomon tor köça orqali ötmoqçi bölganida, juda katta tiqilinç yuz berdi. Oqibatda köplab odamlar, asosan yoşlar tiqilinçda böğilib qolişdi.
Fojia qurbonlari orasida Özbekiston fuqarosi ham borligi aytildi.












