Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev, transport vaziri Ilhom Mahkamov, «Özaviatsiya» agentligi, «Özaeronavigatsiya markazi», Uzbekistan Airports, «Özgidromet» vakillari Afğonistonda Mavlono Jaloliddin Balxiy nomidagi Mozori-Şarif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklaş böyiça texnik yordam körsatiş jarayoni yakuniga bağişlangan marosimda iştirok etdi.
Afğonistonning Balx viloyati Mozori-Şarif şahrida bölib ötgan anjumanda aeroport faoliyatini tiklaş böyiça texnik yordam körsatiş loyihasi bosqiçma-bosqiç amalga oşirilgani, qisqa vaqt içida aeroport haftasiga 4 ta mahalliy va 1 ta xalqaro havo qatnoviga xizmat körsata boşlagani qayd etildi.
Texnik ta’minlaş yönalişi böyiça Mozori-Şarif aerodromi uçiş-qöniş yölagi qoplamasi, havo kemalari uçun buriliş yölaklari va töxtab turiş joylaridagi belgilar böyoği töliq yangilangan. «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» tomonidan hudud elektr va yoruğlik-texnik ta’minoti zamonaviy talab darajasiga keltirilgan.
Tadbirda aeroportning qurilişi tugallangan obektlarini foydalanişga topşiriş va faoliyatni tiklaş uçun zarur jihozlarni qabul qilib oliş hujjati imzolandi.
Delegatsiya Mozori-Şarifga taşrifi aeroport elektr ta’minotini boşqariş punkti oçiliş marosimidagi iştiroki bilan davom etdi. Ikki tomon transport vazirlari an’anaviy ramziy qizil boğiçni kesganlaridan söng yiğilganlarga mazkur texnologiya xususida ma’lumot berildi.
Ötgan bir yil mobaynida Özbekiston aeroportlarida faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassislar Afğoniston mazkur aeroportiga jalb qilindi. Ular yordami bilan aeroport uçiş-qöniş, buriliş yölaklari, havo kemasi turargohlaridagi mavjud nuqsonlar, kamçiliklar bartaraf etildi.
Uçiş-qöniş yölagi yoritiş-signal moslamalari ham ta’mirlandi. Aeroport tungi paytda ham, noqulay ob-havo şaroitida ham parvozlarni qabul qila oliş imkoniga ega böldi. Kuz va qiş mavsumiga töliq tayyorgarlik köriş böyiça amaliy yordam körsatildi. Bu kömak Özbekiston tomonidan afğon xalqiga, Mozori-Şarif aeroportiga texnik vositalar yetkazib beriş yöli bilan amalga oşirildi.













