Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Feruza Eşmatova rahbarligidagi Qoraqalpoğiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni örganiş hamda ular yuzasidan mustaqil tekşiruv ötkaziş böyiça komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi iltimosnomasiga köra, Boş prokuratura tomonidan 2022 yilning 1 noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvçi jamoat kafilligi asosida öz oilasiga qaytarilgan.

Ma’lum qilinişiça, komissiya tomonidan namoyişlarda iştirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan şaxslarning oila a’zolari murojaatlarini örganiş davomida uşbu fuqarolarning sodir etgan jinoyatidan puşaymonligi va ijtimoiy şaroiti inobatga olingan.

Eslatib ötamiz, joriy yil 30 avgust kuni 34 nafar, 13-14 oktabr kunlari 38 nafar ayblanuvçi oilasi bağriga qaytarilgan edi.
Hozirga qadar komissiya taşabbusi bilan yaqinlari bağriga qaytarilgan ayblanuvçilar soni 107 nafarga yetgan.













