Qozoğiston milliy banki asosiy stavkani 16 foizgaça oşirdi. Sabablardan bir sifatida inflatsiyani kuçaytirib borayotgan fiskal xarajatlarning oşişi ham aytib ötilgan. Özbekistonda ham ahvol şunga öxşaş. Oxirgi 6 yilda belgilangan budjet xarajatlari prognozdan köra doim yuqori darajada bölib kelgan. Kun.uz muxbiri Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga “Özbekistonda inflatsiya şakllanişida fiskal xarajatlarning haddan ziyod oşib ketayotgani ta’siri qançalik darajada?” degan savol bilan murojaat qildi.

“2022 yildagi pul-kredit siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaganimizda, inflatsiyaning 8,5-9,5 atrofida şakllanişini prognoz qilgandik. Öşa paytda fiskal taqçillikning 3 foiz atrofida bölişini kutgandik. Lekin bugungi kunga kelib ijtimoiy sohani qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladigan mablağlarning köpaytirilişi va iş haqining belgilanganiga qaraganda köproq darajada oşirilişi hisobiga joriy yilda 4,2-4,5 foiz fiskal defitsiti kutilmoqda. Bu albatta, öz-özidan inflatsiyaga ta’sir ötkazadi. Şuning uçun ham joriy yilda inflatsiyani özimiz prognoz qilgandek, 8,5-9,5 foiz emas, balki 12-12,5 foiz atrofida şakllanişini kutyapmiz.

Yana bir narsani aytişim mumkinki, hozirgi pul-kredit siyosatini yuritiş şaroitida inflatsiyani ma’lum bir darajada uşlab turişda monetar siyosatdan köra, fiskal, budjet konsolidatsiyasining örni oşib bormoqda.

Qozoğistonda inflatsiya 17,7 foiz atrofida şakllangan, şu sababli ular asosiy stavkani 1,5 foizga oşirişdi.

Mart oyida bölib ötgan matbuot anjumanida ham mendan nega asosiy stavkani birdaniga 14 foizdan 17 foizga oşirganimni söraşgandi. Asosiy stavkaning inflatsiyadan yuqori bölişi iqtisodiy şaroitni tezroq belgilangan parametrlarga tuşiriş uçun imkoniyat yaratadi. E’tibor berayotgan bölsangiz, rivojlangan davlatlar ham asosiy stavkasini juda tez oşiryapti. Masalan, AQŞ asosiy stavkani oşirişni birinçi boşladi. Ular ham ma’lum belgilangan nuqtaga çiqib olişganidan söng, pasaytiriş tizimiga ötadi. Şu sababdan ham şakllanayotgan inflatsiyani hisobga olgan holda belgilagan asosiy stavkamiz yordamida özimiz reja qilgan maqsadlarga osonroq erişamiz deb öylayman”, – deya ta’kidladi regulyator rahbari.