29 oktyabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi va TIV mamlakat BMT va Turkiya hamkorligida oziq-ovqat eksporti uçun Ukraina janubidagi portlarni blokdan yeçiş böyiça tuzilgan kelişuvdagi iştirokini «noma’lum muddat»ga töxtatişini ma’lum qildi. Rossiya bunga RF Qora dengiz flotining uşbu «ğalla yölagi» xavfsizligini ta’minlaşda iştirok etgan kemalariga «yoppasiga aviatsiya va dengiz kuçlari orqali zarba berilişi»ni sabab qilib keltirgan.

Rossiya tomoniga köra şanba kuni «ukrain qurolli kuçlari gumanitar yölak niqobi ostida [...] uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalangan holda Sevastopoldagi harbiy-dengiz bazasida Rossiya Qora dengiz flotining kemalari va infratuzilmasiga aviatsiya zarbalari yölladi». Rossiya Sevastopolni 2014 yilda noqonuniy ravişda annexia qilib olgan.

Şu bilan birga, Rossiya TIV ma’lumotiga köra, hujumni «britaniyalik mutaxassislar tomonidan boşqarilgan ukrain qurolli kuçlari» amalga oşirgan.

Moskvadagilar endi RF dengiz yöli xavfsizligini ta’minlay olmasligi va şu tufayli uni bir tomonlama yopişini qöşimça qilişdi. Rossiya idoralari bayonotidan bir soat ötib RFning BMT qoşidagi doimiy vakili örinbosari Dmitriy Polyanskiy Telegram-kanalida Rossiya BMT Boş kotibini kelişuvdagi iştirokini töxtatgani haqida rasman xabardor qilganini ma’lum qildi.

Yakşanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi Sevastopolda kemalarga hujum qilingan hududda urib tuşirilgan dronlar parçalari suvdan olib çiqilgani haqida ma’lum qildi. Harbiy idoradagilar tasdiqlaşiça, dronlar Odessa yaqinidagi sohildan uçirilgan va ularga Kanada navigatsiya modullari örnatilgan bölgan. Vazirlikka köra, dronlar «ğalla kelişuvi» doirasida taşkil etilgan xavfsiz yölak böylab harakatlangan, keyin esa yönalişni özgartirib, Sevastopoldagi Rossiya kemalari tomon uçgan.

Mudofaa vazirligi versiyasiga köra, dronlarni «Buyuk Britaniya vakillari rahbarligi ostidagi Kiyev rejimi» havoga kötargan, rossiyalik harbiylar bu «navigatsiya priyomnigi xotirasidan öqilgan ma’lumotlar qayta tiklanişi natijalariga köra aniqlangani»ni aytişgan.

«Dengiz dronlaridan birining harakat koordinatalari Qora dengizdagi «ğalla yölagi» xavfsizlik zonasining dengiz hududidagi boşlanğiç nuqtasini körsatdi», deyiladi vazirlik xabarida. Vazirlik mutaxassislari taxmin qilişiça, dronlar «Kiyev yoki uning ğarblik homiylari Ukraina dengiz portlaridan qişloq xöjalik mahsulotlari olib çiqiş uçun ijaraga olgan» fuqarolik kemalaridan birining sahnidan uçirilgan».