25 ta elektropoyezd 100 ta vagondan iborat umumiy tarkibga birlaştirildi. Uşbu muvaffaqiyat Ginnesning rekordlar kitobidan ham örin oldi — poyezdning uzunligi 1,91 kilometrga yetdi.

Töğri, jahonda bundan ham uzunroq poyezdlar rekord örnatgan, lekin ularning barçasi yuk vagonlarini tortişgan. Uşbu rekord eng uzun yölovçi poyezdi böldi.
Aytiş kerakki, uşbu poyezd qatnagan yönaliş 2008 yilda YuNeSKOning butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. Eng uzun yölovçi poyezdi böyiça avvalgi rekord 1991 yilda örnatilgan edi — 1732,9 metr.

Temiryöl vagonlarini taqqan poyezd Preda şahridan yölga çiqib, Alp toğ tizmalari böylab bir soatdan sal ziyodroq vaqtda 48 ta köprik, jumladan maşhur Landvasser viaduki, 22 tunneldan ötib, Bergun şahrigaça 25 km yöl bosdi.

7 maşinist va 21 texniklar 25 ta poyezd bir xilda harakat qilib, töxtaşini nazorat qilib turdi. Maşinistlar oldida qiyin vazifalar turgan edi: ular 3000 tonnaga teng poyezdni temir izlar böylab bir maromda va aniq harakatlanişi uçun tezlaşib yoki sekinlaşib turişi talab etilardi. Buning uçun birinçi maşinistdan oxirgisigaça simli dala telefoni örnatib çiqilgan.

Temiryöl kompaniyasining tuşuntirişiça, yöldagi tunnellar tufayli radio va uyali telefon orqali muntazam aloqani ta’minlaş ilojsiz bölgan.

Poyezdning eng qiyin joylardan ötişini tomoşa qiliş uçun 3 ming tomoşabin pul tölagan. Poyezdga minişga faqat 150 kişiga izn berilgan: ular asosan VIP şaxslar va jurnalistlar bölgan.











