Saudiya Arabistoni hukumati AQŞga Eron podşohlik hududi böylab, şuningdek Iroq Kurdistonidagi amerikalik harbiylar bazasi ham joylaşgan Arbil şahriga zarbalar yöllaşga tayyorlanayotgani töğrisidagi razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

«Biz bu tahdiddan xavotirdamiz va Saudiya Arabistoni bilan harbiy va razvedka kanallari orqali doimiy aloqada bölib turamiz. Biz özimizning va mintaqadagi hamkorlarimizning manfaatlarini heç qanday ikkilanişsiz himoya qilamiz», — degan AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili.

OAV Eron Jomkoron masjidi uzra qizil bayroq kötarilganiga e’tibor qaratmoqda. Qizil tuğning kötarilişi uruş e’lon qilinişini anglatadi. Sönggi marta qizil bayroq 2020 yilda Qosim Sulaymoniy öldirilganda kötarilgan edi.

WSJ naşri yozişiça, Saudiya Arabistoni va Yaqin Şarqdagi boşqa mamlakatlar, şuningdek AQŞ qurolli kuçlari jangovar şay holatga keltirilgan. Razvedka ma’lumotlariga köra, rejalaştirilgan hujumlardan maqsad Eron jamiyati e’tiborini Mahsi Aminiyning ölimidan keyin boşlangan va butun mamlakatni qamrab olgan ommaviy namoyişlardan çalğitiş hisoblanadi.

  • Oktyabr oyida Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Husayn Salomiy Saudiya Arabistonidan uşbu mamlakatda fors tilida efirga çiquvçi telekanallar Erondagi namoyişlarni yoritişini töxtatişni talab qilgandi. «Bu bizning sönggi ogohlantirişimiz, çunki siz media orqali bizning içki işlarimizga aralaşmoqdasiz», — degandi u. Eron hukumati sentabr oyining ikkinçi yarmida boşlangan namoyişlarda AQŞ va Isroilni ayblaydi. 
  • Sentyabr oyida Eron Iroq Kurdistoniga ballistik raketalar va  dronlar orqali zarba yöllagandi. Reuters ma’lumotiga köra, öşanda 13 kişi halok bölib, 58 kişi yaralangan. Hengaw huquq taşkiloti Eron hujumlaridan maqsad kurd qurolli tuzilmalari va Eronning surgundagi muxolif partiyalari lagerlari hamda ştab-kvartiralari bölganini ma’lum qilgandi.