Ukrainadagi uruşning 251-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • 1 noyabrga ötar keçasi rossiyalik harbiylar kamikadze dronlar bilan Poltava, Dnepr va Mikolayivga hujum qilgan, ukrain rasmiylariga köra Mikolayiv S-300 raketalari bilan ham öqqa tutilgan. Mikolayivda kuçli vayrongarçiliklar yuzaga kelgan, bir ayol halok bölgan.
  • Vladimir Putin safarbarlik yakunlangani haqida alohida farmon imzolamaydi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov yana bir bor qisman safarbarlik yakunlanganini ma’lum qildi.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu 300 ming kişi safarbar qilingani, şundan 87 ming kişi allaqaçon harbiy harakatlar maydoniga yuborilganini ma’lum qildi. «Novaya gazeta Yevropa» hisoblariga köra 21 sentabrdan buyon frontda va frontortida safarbar qilinganlarning 100 dan ortiği halok bölgan — bu faqat rasman tasdiqlangan ma’lumotlar asosidagi hisob.
  • Rossiyada muddatli harbiy xizmat uçun kuzgi çaqiruv boşlandi, u 120 ming kişini qamrab oladi.
  • Deputat va senatorlar Davlat dumasiga safarbarlikka çaqiruvdan böyin tovlaganlik uçun jinoiy javobgarlik joriy etiş töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqişdi. Hukmron partiya safarbarlikdan qoçganlarni 5 yilga qamaşni taklif qilmoqda.
  • Britaniya razvedkasiga köra, Rossiya Belarusga MiG-31K qiruvçilari va «Kinjal» gipertovuşli raketa majmualarini joylaştirgan bölişi mumkin.

Quyida 1 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Istilo ostidagi Xersonga ukrainlar kelişi kutilmoqda

Rus admirali Fyodor Uşakov byusti bölgan postament. Oktyabr oyi oxirida Xersonning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati yodgorlikni Ukraina armiyasi zarbalaridan ehtiyotlaş uçun şahardan olib ketgan. Rossiyaliklar Uşakovdan taşqari Aleksandr Suvorov haykali hamda Yekaterina davri arboblaridan bölgan Grigoriy Potyomkinning qoldiqlarini ham Xersondan olib ketişgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA