«Uşbu çaqiriq butun Yevropa uçun çaqiriq sifatida körilişi kerak», dedi u. 

Zelenskiyning sözlariga köra, Moskva Ukrainadagi har qanday qişki qiyinçiliklarni «birlaşgan Yevropa muvaffaqiyatsizligining isboti sifatida» taqdim etadi.

Dekabr oyida Fransiyada qişda Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça konferensiya bölib ötadi, deya qöşimça qildi Ukraina davlati rahbari.

Volodimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatda bu haqda kelişib olganini tuşuntirdi.

Bundan oldin oktabr oyida Yevrohududda iste’mol narxlari 10,7 foizga oşgandi. Bu haqda Yevrostat ma’lumotlarning birinçi bahosiga tayanib xabar qildi. Boltiqböyi mamlakatlarida inflatsiya taxminan 22 foizni taşkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yevrohududda iste’mol narxlari oktyabr oyida 2021 yilning şu oyiga nisbatan 10,7 foizga oşgan. Şu tariqa, inflatsiya darajasi yangi tarixiy maksimal darajaga yetdi va 1999 yilda yevro joriy etilganidan beri birinçi marta ön foizlik belgidan oşib ketdi, deb xabar berdi Lyuksemburgdagi Yevropa statistika boşqarmasi (Yevrostat) 31 oktyabr, duşanba kuni olingan ma’lumotlarga tayanib.

Ötgan oyda bölgani kabi, oktyabr oyida ham energiya taşuvçilar narxlari ayniqsa kuçli oşdi – 41,9 foizga. Oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizga qimmatlaşdi. 

Oktabr oyida inflatsiya darajasi Boltiqböyi mamlakatlarida boşqa yevrozona davlatlaridan yuqori bölib, ularning har birida taxminan 22 foizni taşkil etdi. Bundan taşqari, eng yuqori körsatkiç Niderlandiyada qayd etilgan - deyarli 17 foiz. Fransiya (7,1 foiz) va Ispaniyada (7,3 foiz) boşqa mamlakatlarga nisbatan iste’mol narxlari örtaça darajada oşdi. Germaniyada, Yevrostat ma’lumotlariga köra, oktabr oyida inflatsiya 11,6 foizni taşkil etdi.