Alisa, Siri kabi ovozli yordamçilarning özbek tilida gapiradigan muqobili yaratilmagan. Bu işni dasturçi Baxtiyor Hasanov yölga qöymoqda, deb xabar bermoqda Yoşlar işlari agentligi rahbari Alişer Sa’dullayev. U tayyorlayotgan dastur hozir ovoz yiğiş jarayonida. Dasturga qança köp özbekça gapiruvçi kişilarning ovozlari yuklansa, aqlli yordamçi şunça tez tuşunib, javob qaytarişi mumkin böladi.
Yaxşi işlaydigan ovozli yordamçini yaratiş uçun kamida 10 ming soat ovozli ma’lumot kerak böladi. Buning uçun @UzbekVoiceBot’dan röyxatdan ötib, ovozli xabar qoldiriş kerak.
Iştirok etuvçi unga berilgan gaplarni öqib, jönatişi kerak. Agar matn içida xatolik bölsa, buni botdagi grammatik xato tugmasini bosib, bildirişi mumkin. Tiniş belgilari öqilmaydi. Qisqartmalar qanday yozilgan bölsa, şunday öqiladi.
Ovozlar adabiy tilda bölişi şart emas. Çunki har bir viloyatning öz şevasi va talaffuzi bor. Ovoz yuboruvçining şaxsiy ma’lumotlari turli manfaat yöllarida foydalanilmaydi.
Şuningdek, boşqa iştirokçilar öqigan ovozlarni tekşirib, töğri yoki xatoligini bildiriş ham mumkin. Ovoz öqigan va ovoz tekşirgan iştirokçilarga ball berilib boriladi va ular oxirida taqdirlanadilar.








