Oktabr oyi örtalarida rus zirhli texnikasining yöqotilişi kuniga 40 donaga yetdi va rus qömondonligi Belarus armiyasining zaxiralaridan kamida yuzta tank va piyoda jangovar maşinalarni (PJM) oldi. Bu haqda 3 noyabr, payşanba kuni Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşning kunlik sarhisobini çop etib, ma’lum qildi.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, rus qöşinlari taktikasida zirhli bölinmalar va artilleriya «markaziy örinni egallaydi» va hozirda Rossiya armiyasi öq-dorilarni topişda ham, işlamay qolgan texnikani almaştirişda ham qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda.
Vazirlikka köra, rus askarlari eski PJMlardan foydalanişga majbur: jangçilar bundan hafsalasi pir bölgan va ularni konserva banka deb atayapti. Bir neça hafta oldin Londonda Rossiya armiyasining texnika va öq-dorilari tugab borayotgani qayd etilgan edi.
Oktabr oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan ittifoqçi kuçlarning mintaqaviy guruhini joylaştirişga kelişib olganini e’lon qilgan edi. Bir neça kundan söng, Belarusda «Kiyevdan aniq tahdid» fonida terrorizm tahdidining kuçayişi rejimi joriy etildi. Yevroparlament Lukaşenkoni Rossiya agressiyasining tölaqonli şerigi deb hisoblaydi. Ukraina harbiylari belaruslarga murojaat qilib, jangovar harakatlarda qatnaşmaslikka çaqirdi.













