Oktyabr oyida Yaqin Şarqning uşbu mamlakatida 1993 yildan beri birinçi marta vabo kasalligi aniqlangan edi. JSST ma’lumotlariga köra, kasallik mamlakatning barça hududlariga tarqalib, jami 1400 ta gumon qilingan holatlar qayd etilgan. Kasallik tarqalişi Bebnin şahrida boşlangan bölib, rasmiylar u yerda dala şifoxonasini taşkil qilgan.

JSST Favqulodda vaziyatlar böyiça mintaqaviy direktori Rik Brennan sözlariga köra, vabo Suriyadan kelib çiqqan bölib, hozirda 20 mingga yaqin şubhali holatlar bor.

Vabo bakteriyalari iflos suv, oziq-ovqat yoki oqova suvlari orqali tarqaladi. U buyrak yetişmovçiligi yoki hatto ölimga olib kelişi mumkin. Ammo uni dori-darmonlar bilan davolaş imkoni bor. Infeksiya fekal-oğiz yöli bilan yuqadi, bu esa epidemiya xavfini oşiradi.

JSST bayonotiga köra, bu yil butun dunyo böylab vabo epidemiyalari soni keskin oşgan. Buning ortida suv toşqinlari, qurğoqçilik, mojarolar, migratsiya va toza suvdan foydalaniş imkoniyatining pasayişiga olib keladigan boşqa omillar bor. Vaksinalar taqçilligi tufayli BMT agentligi tavsiya etilgan emlaş tartibini hozirça ikki dozadan bir dozaga özgartirdi.

Qayd etilişiça, Livan vaksinalarning birinçi partiyasini 2 noyabr kuni olgan. 13 ming dozadan iborat partiya Fransiyaning Sanofi tibbiyot kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan va Fransiya hukumati kömagida yetkazib berilgan.

Livan soğliqni saqlaş vaziri Firas Abiad sözlariga köra, emlaş kasallik tarqalişini çeklaşda «muhim rol» öynaydi.

JSST Livanni tibbiy xodimlar, asbob-uskunalar va laboratoriya resurslari, vaksinalar bilan ta’minlaşda, şuningdek, klinika va şifoxonalarda öquv jarayonini taşkil etişda qöllab-quvvatlamoqda.