Qirğiziston parlamenti yiğilişida deputat Jyenişbek Toktorboyev qoramollarga nisbatan soliqning yangi turini joriy etişni taklif qildi.
Uning sözlariga köra, mamlakatda qariyb 2 million boş qoramol, şundan 700 mingga yaqin ot, 8 millionga yaqin qöy bor.
«Biz agrar mamlakatmiz, şuning uçun aholining 70 foizdan ortiği qişloqlarda yaşaydi va dehqonçilik bilan şuğullanadi. Xudoga şukur, xalq boyib ketyapti, qişloqda hammaning uç-törtta maşinasi bor. Endi qişloqdagi turmuş darajasiga qarasangiz, şahardagidan yomon emas. Men özim qişloq yigitiman va tez-tez u yerga boraman. Qişloqdagi infratuzilma şahardagidan yomon emas. Örtaça bitta ot 70 mingdan 100 ming [qirğiz] sömgaça turadi. Menimça, molga soliq soliş mumkin. Har bir qöçqordan yiliga 100 sömdan, qoramol va otlardan esa 250 sömdan soliq undirişni taklif qilaman. Şu tariqa 1,5 milliard söm qişloqlar budjetiga tuşadi. Davlat budjetidan esa pul söramaydi», - dedi Jyenişbek Toktorboyev.
Xalq deputati Qirğizistonning qaysi qişloqlarida aholi badavlat yaşayotganiga aniqlik kiritmadi.












