«Rossiya yadro uruşining yöl qöyib bölmasligi haqidagi tamoyilga qat’iy va izçil ravişda amal qiladi, unda ğoliblar bölişi mumkin emas va u heç qaçon qözğatilmasligi kerak», deyiladi bayonotda. 

«Bu sohadagi Rossiya doktrinasi juda aniq ifodalangan, u faqat mudofaa xarakteriga ega va uni özgaça talqin qiliş imkoni yöq. Rossiya tomonidan yadro qurolini qöllaş faqat ommaviy qirğin qurollaridan foydalangan holda amalga oşirilgan tajovuzga javoban yoki oddiy qurollardan foydalangan holda amalga oşirilgan va davlatning mavjudligini tahdid ostida qoldiradigan tajovuzga qarşi ruxsat beriladi». 

Taşqi işlar vazirligi yadroviy kuçlarga ega davlatlar harbiy töqnaşuvining oldini oliş birinçi galdagi vazifa ekanini ta’kidladi va yadro quroliga ega davlatlarni «uşbu ustuvor vazifa ustida işlaşga tayyor ekanliklarini amalda körsatişga va bir-birining hayotiy muhim huquqlarini buzişga qaratilgan xavfli urinişlardan voz keçişga» çaqirdi. 

  • Sönggi vaqtlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin muntazam ravişda yadro qurolidan foydalaniş bilan tahdid qilmoqda. 24 fevral kuni Ukrainaga hujum qilinişi munosabati bilan rossiyaliklarga qilgan murojaati çoğida u sodir bölayotgan voqealarga aralaşişga qaror qilganlar «öz tarixida heç qaçon uçramagan» javob olişini va’da bergan edi. 
  • Sentyabr oyida Putin Rossiya hududiy yaxlitligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda «öz ixtiyoridagi barça vositalardan» foydalanişini aytdi. Köp ötmay, Rossiya Ukrainaning törtta viloyatini annexia qilganini e’lon qildi. 
  • 1 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan özining barça hududlarini qaytarib olişga urinişi Rossiyaning mavjudligiga tahdid ekanligini aytdi.