Toşkent şahrining Olmazor tumanida issiqlik tarmoği xodimi xonadon egasiga qarzdorlik öylab topib, uni yöqotiş uçun pul undirmoqçi böldi.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bölimi tomonidan IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Veolia Energy Taşkent’ning Yunusobod tumani bölimi iqtisodçisi J.O. fuqaro K.ning Yunusobod tumani, «Buyuk turon» MFY hududidagi yaşaş xonadonining issiqlik manbaidan aslida mavjud bölmagan 24 million söm qarzdorligini göyoki korxonaning yuqori turuvçi mansabdorlari orqali yöqotib bermoqçi bölgan.

Buning evaziga öz xizmat xonasida 1 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga oğdiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.