Prezident administratsiyasi rahbari örinbosari Komil Allamjonov yana bir bor Finlandiya ta’lim tizimi asosida darsliklar yaratilişi afzalliklari haqida aytib ötdi.

«Ta’lim sohasida ham velosiped ixtiro qilmaslik kerak deb öylayman. Dunyoda sinovdan ötgan eng ilğor tizimni şartta olib özimizga adaptatsiya qiliş kerak. 

Matematika butun dunyoda matematika, fizika yoki ximiya qonunlari butun dunyoda bir xil. Darsliklar sifati va öqitiş metodikasi har xil. Ulardan Özbekiston uçun eng ma’quli bu — Finlandiyaniki, deb qaror qabul qildi mutaxassislar. 

Finlandiya ta’lim sohasidagi eng ilğor davlatlardan biri. Va reytinglarda doim eng yuqori örinda. Şuning uçun ham Prezidentimiz Finlandiya tajribasini bizda qöllaş topşiriğini berdi. Demak, 1-4-sinflar fin standartlari asosida özimizning mutaxassislar tomonidan yaratilayotgan bölsa, 5-11-sinfning milliy mafkuramizga boğliq qismlari yani tarix, özbek tili, adabiyot kabilarini özimiz, tabiiy fanlar, ya’ni fizika, ximiya, biologiya, anatomiya kabilarni esa eng zör, tajribada sinalgan, katta natija beradiganini tayyorini olib özimizga moslaştiramiz. 

Qisqaça aytganda, qölimizdan kelganini özimiz, kelmaydiganini tayyorini olamiz. Şunda ham vaqtdan yutamiz, ham sifatga erişamiz, ham mualliflar yetişmovçiligi masalasini yopamiz, inşaaolloh! Prezident administratsiyasi şu işlarni muvofiqlaştiryapti, Xalq ta’limi vazirligi taşkil qilyapti. Qisqaça hisobot şu döstlar. Savollar bölsa tayyorman», degan u.