2022 yil boşidan yölga qöyilgan amaliyotga köra, Qoraqalpoğistonning tuman-şaharlariga Toşkent şahri va viloyatlar hokimliklariga biriktirib berilgan. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga Nukus tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga yordam beriş vazifasi yuklatilgan.

Turdimov boşçiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi 16 oktyabr kuni Nukus tumanida bölib, prezident taşrifi davomida berilgan topşiriqlar ijrosi va samarqandliklar tomonidan Nukus tumanida qilingan işlar bilan tanişdi.

E’tiborlisi, bu taşrif doirasidagi rasmiy tadbir va mehmonlarning ovqatlanişi uçun Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi 87 million 907 ming 898 söm ajratgan. Bu haqda 2 noyabr kuni kengaş raisi Qahramon Sariyevning farmoyişi qabul qilingan.

Farmoyişga Nukus tumani hokimligi va Qoraqalpoğiston Moliya vazirligining xatlari asos bölgani aytiladi. Hujjatda delegatsiyaning keçki ovqati uçun sarflangan qariyb 88 mln söm Vazirlar Kengaşining zaxira fondi hisobidan Nukus tumani hokimligi hisobiga ötkazib berilişi ta’kidlanadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2 noyabrdagi farmoyişi. Foto: E-qaror.gov.uz

Vazirlar Kengaşidan Kun.uz'ga ma’lum qilinişiça, yuqoridagi qarorda summa umumiy qilib yozilgan bölib, uning negizida mehmonlarning ovqatlaniş uçun 42 mln 570 ming söm, sahna bezaklari uçun 19 mln 337 ming söm, LED-ekranlar uçun 12 mln söm, transport vositalari uçun 14 mln söm ajratilgan.

Taşrif tafsilotlari

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatiga köra, Nukus tumanini 2022-2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi salomatligini saqlaş, quriliş-bunyodkorlik işlari, yangi korxonalarni işga tuşiriş va iş örinlari yaratiş, bir söz bilan aytganda, har tomonlama rivojlantiriş uçun Samarqand viloyati tomonidan 898,5 milliard sömlik loyihalar işlab çiqilgan.

Nukus tumanidagi Xotira maydoni. Foto: Samarqand viloyati hokimligi