COP haqida

Birlaşgan Millatlar taşkilotining iqlim böyiça har yili böladigan xalqaro konferensiyalari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Iqlim Özgarişi böyiça Doiraviy Konvensiyasi (United Nations Framework Convention on Climate Change (UNFCCC) asosida ötkaziladi. UNFCCC’ning Tomonlar konferensiyasi, ya’ni COP (Conference of the Parties) – 1995 yil 28 mart–7 aprel kunlari ilk marta Berlinda bölgan.

Öşandan beri COP har yili (2020 yil pandemiya sabab qoldirilgan) Kioto protokoli böyiça muzokaralar olib boriş uçun davlatlarni bir joyga yiğadi. Protokolda iqlim özgarişiga qarşi kuraşda erişilgan yutuqlarni baholaş, rivojlangan davlatlarning issiqxona gazlarini qisqartiriş böyiça huquqiy majburiyatlari belgilangan.

UNFCCC’ning oliy boş organi COP hisoblanib, u konvensiyaga a’zo davlatlar vakillari va akkreditatsiyadan ötgan kuzatuvçilardan iborat. Ular UNFCCC va COP qabul qiladigan har qanday huquqiy hujjatlarning bajarilişini körib çiqiş va konvensiyaga amal qilişda kömaklaşiş uçun zarur qarorlarni qabul qiladi. COPʼning yakuniy matni tomonlar roziligi bilan yoziladi.

COP’ning eng muhim yiğilişlaridan biri 1997 yil Yaponiyaning Kioto şahrida ötkazilgan. Öşanda sanoat gazlari böyiça Kioto protokoli tuzilgan. Va mamlakatlarga ilk marotaba issiqxona gazlarini kamaytiriş böyiça majburiyat yuklangan. Sanoati rivojlangan aksar mamlakatlar va markaziy Yevropadagi davlatlar 2008–2012 yillar oraliğida issiqxona gazlarini 1990 yildagi darajadan örtaça 6-8 foizga tuşirişga kelişib olgan. Qöşma Ştatlar ham özining umumiy gazlarini 1990 yildagi darajadan örtaça 7 foizga kamaytirişi kerak edi. Biroq Klinton imzolaganidan keyin Kongress şartnomani ratifikatsiya qilmagan. Buş ma’muriyati esa protokolni 2001 yilda oçiqçasiga rad etgan.

Sammitning asosiy maqsadi – davlatlarga iqlimni 1,5C dan isib ketmasligi uçun majburiyat yuklaş. Hozir global harorat 1.1C da. Bu 2022-2026 yillarda 1.1-1.7C oraliğida bölişi prognoz qilingan. 1.8C dunyoning yarim aholisi uçun xavfli namlik va issiq degani.

COP26’dagi olingan majburiyatlar

COP26 2021 yil 1–13 noyabrda Glazgoda boşlangandi