Özbekiston iqtisodiy forumida investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Badriddin Abidovga Jahon savdo taşkilotiga a’zolik masalasida Özbekiston nimalar qilayotgani borasida savol berildi.
“Joriy yil iyun oyidagi Işçi guruhning 5-çi yiğilişi va a’zo davlatlar bilan ikkitomonlama muzokaralardan keyin Özbekiston uşbu jarayondagi keyingi bosqiçga ötmoqda”, deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
“Bilasizki, ötgan 5-6 yil içida taşqi savdo rejimimizni ança erkinlaştirdik va şuning uçun ham hozir aynan şunday darajaga yetganmizki, turli yönalişlarga oid ma’lumotlarni (JSTga) a’zolik uçun taqdim etmoqdamiz. Uşbu jarayonni yanada jadallaştiriş maqsadida iyunda bölgan yiğilişdan söng 13 ta yangi hujjatni taqdim etdik va unda barça yönalişlar böyiça ma’lumotlarni keltirganmiz. Keyingi qadamda JSTga a’zo davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqdamiz va jarayonni keyingi bosqiçga olib çiqamiz. Umid qilamizki, bu jarayon tez fursatlarda röy beradi”, – dedi u.
Moderator vazir örinbosaridan JSTga a’zo bölişning aniq muddati haqida söraganda, u aniq vaqtni Taşkilotga nomzod davlat tomonidan oldindan belgilaş töğri bölmasligini, bu muzokaralar holati va majburiyatlarni a’zo davlatlar bilan birgalikda şakllantirişga boğliqligini aytdi.
“Taşkilotga a’zo böliş böyiça rejamiz “2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da aniq aks ettirilgan va hozir JSTga kirişga yanada yaqinroq muddatlarda erişiş uçun tezkor çoralar köriş jarayonidamiz. Jahon savdo taşkilotiga qança tez a’zo bölsak, şunça yaxşi”, – dedi Badriddin Abidov.
Ma’lumot uçun, 2022–2026 yillarga möljallangan Taraqqiyot strategiyasida 2022 yil davomida Jahon savdo taşkilotiga a’zo davlatlar bilan köp va ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş rejasi belgilangan.
Kuni keça Özbekiston JSTga a’zo böliş böyiça Işçi guruh yiğilişini ötkaziş uçun zarur hujjatlarni topşirgani ma’lum bölgan edi.








