Ohangaron şahri hokimining 5 noyabrdagi qarori bilan moliya iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Anvar Turdiboyevga hayfsan intizomiy jazosi berildi. Qayd etilişiça, u Vazirlar Mahkamasining 587 sonli qarori bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini lozim darajada bajarmagan.

 E-qaror elektron tizimidan olingan skrinşot
E-qaror elektron tizimidan olingan skrinşot

Hujjatga köra, Turdiboyev asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlaşi va zaxirasini yaratişda har bir hududlarda içki talabdan kelib çiqib, çora-tadbirlar belgilaşi hamda uning ijrosini ta’minlaşi kerak bölgan.

Şu bilan birga, Toşkent viloyatining yana bir mutasaddisi uçun hokim qarori e’lon qilingani ma’lum böldi. Unga köra, Zangiota tumani hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Xayrulla Xöjamqulov öz xohişi bilan işdan ketgan.

Tuman hokimining 3 noyabrdagi qaroriga asosan Xöjamqulov bilan tuzilgan mehnat şartnomasi Mehnat kodeksining 99 moddasi bilan bekor qilingan. Uning xuddi şu kuni yozib bergan arizasi esa hujjatga asos sifatida olingan.

E-qaror elektron tizimidan olingan skrinşot

Eslatib ötamiz, Xayrulla Xöjamqulov bu lavozimga Zangiota tuman hokimining şu yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq 3 oylik sinov muddati tugatilişi munosabati bilan tayinlangan edi.